Nankindan yana ikki medal

Xitoyning Nankin shahrida davom etayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarining uchinchi kunida o‘zbek dzyudochilari yana ikki medalni qo‘lga kiritishdi.

81 kilogramm vazn toifasidagi bahslarda hamyurtimiz Muhriddin Mirzayorov Birlashgan Arab Amirliklari vakili Saif Alzaabiy, qatarlik Fadi Tavfiq, qirg‘izistonlik Yermek Sariyev va eronlik Imon Nikexbalni mag‘lubiyatga uchratib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Qizlar musobaqasida 63 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan Tursunposhsha Nurmetova uchinchi o‘rin uchun o‘tkazilgan bellashuvda mo‘g‘ulistonlik Xongorzul Battulgani sof g‘alaba bilan yengib, terma jamoamiz hisobiga yana bir bronza medalni taqdim etdi.

Osiyo o‘yinlarining dzyudo bellashuvlari yakunlariga ko‘ra, bir oltin, ikkitadan kumush va bronza, jami beshta medal jamg‘argan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy oldi.

Yana o‘qing:  Yagona va muqaddas Vatan madhi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: