Jamg`arma faoliyatidan (2012-34)

Buxoro viloyati Jamg‘armaning Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan “Salomatlik kuni” munosabati bilan Buxoro shahar Somoniylar istirohat bog‘ida aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik davomida 78 ta oilaga dori-darmonlar tarqatildi. Shuningdek, 234 nafar aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyati Jamg‘armaning mintaqaviy filiali, Guliston shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorlikda “Mustahkam oila yili” munosabati bilan Guliston shahar “Navbahor” MFYda “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarga mavzuga oid tarqatma materiallar tarqatildi.

Xorazm viloyati Jamg‘armaning mintaqaviy filiali, Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” YIH, Madaniyat va sport ishlari boshqarmalari hamkorlikda Yangiariq tumani Axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida “Otam, onam va men” sport musobaqalarining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Toshkent viloyati Jamg‘armaning Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan viloyatning Quyi Chirchiq, O‘rta Chirchiq tumanlari va Angren, shahridagi mahallalardagi aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ular bilan davra suhbatlari tashkil etildi. Shuningdek, keksalar, yolg‘iz va boquvchisini yo‘qotganlar holidan xabar olinib, kerakli dori-darmon va sanitariya-gigiyena vositalari topshirildi.

Toshkent shahri “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi Tibbiy ijtimoiy-patronaj brigadasi Toshkent shahrining Yunusobod, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarida yashovchi keksa va nogironlar holidan manzilli xabar olib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.

Abbosjon Ergashev

Яна ўқинг:  Ўзимизнинг сайёра

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: