She’rlarda Vatan madhi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy Harbiy klinik gospitali klubida mamlakatimiz Mustaqilligining 21 yilligiga bag‘ishlab adabiy-badiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Klinik gospitalning tarbiyaviy ishlar bo‘limi, Kasaba uyushmasi hamda badiiy kutubxona xodimlari tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir “Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan!” shiori ostida o‘tkazildi. Kechada klinik gospitalda davolanayotgan harbiylar, xizmat burchini o‘tayotgan ofetser va askarlar, muassasaning tibbiyot xodimlari xalqimizning suyukli ijodkorlari shoir Ikrom Otamurod hamda Muhiddin Omon bilan uchrashdi.

Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizning istiqlol yillarida bosib o‘tgan yo‘li, sohalarda olib borilayotgan islohotlar va ulkan bunyodkorlik ishlari xususida to‘xtaldilar. So‘ngra kecha mushoira aylanib, Vatanni madh etuvchi she’rlar o’qildi. 

 

O‘z muxbirimiz

Яна ўқинг:  Яшнаётган “ниҳол”лар

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: