Insonparvarlik tamoyili

Insonparvarlik tamoyili asosida faoliyat yuritmoqdamiz — deydi Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi Tibbiy-ijtimoiy markazi rahbari Hotam Rizayev.

Inson zoti hamisha mehr va shirin so‘zdan quvvat olib yashaydi. Ayniqsa, ko‘ngli yarim, yordamga muhtoj kishilarga muruvvat va e`tibor ko‘proq zarur. Xalqimiz hamisha nogiron, kam ta‘minlangan, keksa va yolg‘iz, ko‘p bolalari fuqarolarga ko‘mak berishni ezgu a‘mol hamda savob deya asrlar osha unga amal  qilib kelmoqda.

Respublikamizda ana shu ezgulik yo‘lida “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi jamoasi va respublika bo‘yicha hududiy — bo‘lim va tuman tayanch maskanlarida ham ulkan ibratga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Tibbiy — ijtimoiy patronaj tizimining 15 yillik faoliyati davomida “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining ko‘chma brigadalari mutaxassislari tomonidan:

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga kerakli tavsiyalar berildi hamda doimiy ravishda muruvvat yordamlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Respublikamizning eng chekka hududlarida istiqomat qiluvchi 500 mingga yaqin  oilalarning tibbiy-ijtimoiy holati o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18-iyun 2008- yildagi “Irsiy kasalliklar va nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-iyuldagi “2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma‘naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 27- fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan “Mustahkam oila yili” davlat dasturi ijrosini amalga oshirish yuzasidan mahallalarda  kam ta`minlangan, ko‘p bolali oilalardagi  tug‘ish yoshidagi ayollar, o‘smirlar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, muhtoj bo‘lgan bemorlarga xayriya sifatida dori-darmonlar tarqatilmoqda. Tibbiy ko‘riklar nafaqat mahallalarda balki korxona va tashkilotlarda, harbiy qismlarda, o‘quv muassasalarida ham reja asosida amalga oshiriladi.

“Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi Tibbiy-ijtimoiy markazi, jamg‘arma filiallarining ko‘chma tibbiy-ijtimoiy brigadalari mutaxassislari tomonidan 2012-yilning o‘tgan yetti oyi mobaynida respublika bo‘yicha 537 ta qishloq va 1 609 ta mahallalarida, o‘quv muassasalari, harbiy qismlar, harbiy bilim yurtlari, korxona xamda tashkilotlarda jami 116 678 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

2009-yilda tashkil topgan hududlararo tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi mutaxassislari tomonidan  Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Bo‘stonliq tumanlari chekka xududlarida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‘lgan  aholilarning  9 447 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda muruvvat yordami tarzida dori-darmonlar tarqatildi.

Яна ўқинг:  Тузсиз помидор шарбати

“Yoshlik” talabalar shaxarchasi xududida joylashgan ta`lim muassalarida va talaba-o‘quvchilar turar joylarida 75 ta  ma`naviy-ma`rifiy yo‘nalishdagi tadbirlarda 3 055 nafar talabalar qamrab olindi.

Tibbiy ko‘riklar bilan bir qatorda aholi o‘rtasida va o‘quv muassasalarida ta`lim olayotgan talaba va o‘quvchilar o‘rtasida 1 955 ta ma‘ruza, davra suhbatlari, uchrashuv hamda seminarlar tashkil etildi. Bunda 143 883 nafar fuqaro qamrab olindi. Ularga muruvvat yordami tarzida “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi tomonidan chop etilgan 8 turdagi 16 826 dona buklet va risolalar tarqatildi.

Yuqorida qayd etilgan tadbirlarning mavzusini tanlashda, o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida tug‘ma va irsiy kasalliklarning oldini olish, voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasidagi nikohlarga, voyaga yetmagan qizlarda homiladorlikka yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarga katta e‘tibor qaratish, aholi o‘rtasida mavzuga doir targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Keyingi yillarda respublika Prezidenti va hukumatimizning yolg‘iz keksalar, nafaqaxo‘rlar xamda nogironlarni ijtimoiy himoya qilish masalalariga e‘tibori oshib bormokda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-maydagi “2011-2015-yillardagi  yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-1542-sonli  qarori buning yaqqol dalilidir. Ushbu qarorning amalga oshirilishini ta‘minlash maqsadida, Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining Toshkent shahri Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan 14 ta tibbiy-ijtimoiy patronaj ko‘chma brigadalari tomonidan yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.  Jumladan, turli guruhdagi nogironlar   tibbiy ko‘rikdan  o‘tkazilib, xayriya yordami ko‘rsatildi. 

Hisobot davrida tibbiy-ijtimoiy patronaj  bilan 7 220 nafar pensionerlar qamrab olindi.

Kam ta`minlangan oilalarni va nogironlarni tibbiy-ijtimoiy himoya qilish va ularga insonparvarlik yordami ko‘rsatish maqsadida tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari tomonidan bepul 37 286 quti, 81 736 dona dori-darmonlar va 54 958 dona sanitariya va gigiena vositalari, hamda 5 651 dona kiyim-kechaklar, 557 kg oziq-ovqat mahsulotlari xayriya yordami sifatida tarqatildi.

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: