Telekanallar soni ikkitaga ko‘payadi

2013 yilning yanvaridan ikkita yangi – “Madaniyat va ma’rifat” hamda “Dunyo bo‘ylab” milliy telekanallari ish boshlaydi. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) tomonidan tashkil etiladigan yangi telekanallar raqamli formatda ishlaydi. Bu haqida MTRK rasmiy sayti xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, “Madaniyat va ma’rifat” telekanali oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa aholining madaniy va ma’rifiy darajasini oshirish,yosh avlodda ilmiy kashfiyot va bilimlar, madaniy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishlarni shakllantirish va boshqalardan iborat.

“Dunyo bo‘ylab” telekanali esa, dunyoning yetakchi telekanallari telemahsulotlarini litsenziya asosida namoyish etish yo‘li bilan, yoshlarning tarix, geografiya, dunyo mamlakatlarining zamonaviy rivojlanish darajasi va boshqalar bilan tanishtirib borishga xizmat qiladi. Telekanalda, shuningdek, ekologik madaniyatni oshiruvchi, O‘zbekistonning turistik salohiyati to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlar ham tayyorlanadi.

O‘zbekiston Resublikasi Prezidenti 2012 yil 30 iyul kuni qabul qilgan “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining raqamli telekanallari sonini oshirish, ulardan to‘liq formatda foydalanish, sifatini boyitish va xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan ish boshlaydigan har ikkala telekanal alohida davlat unitar korxonasi ko‘rinishida tashkil etilib, O‘zbekiston miqyosida, MTRK saytining yozishicha, “tunu-kun” o‘z ko‘rsatuvlarini efirga uzatadi. Rejaga ko‘ra, “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida 181 nafar xodim ish olib borsa, “Dunyo bo‘ylab” telekanalida 152 nafar ijodiy xodim faoliyat olib boradi.

Yana o‘qing:  Azim teraklar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: