MUROSASIZ BAHSLAR unitilmas onlarni hadya etdi

21 noyabrdan 4 dekabrga qadar poytaxtimiz Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha Xalqaro shaxmat federatsiyasi — (FIDE) Gran-prisining ikkinchi bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur Gran-pri musobaqalari olti bosqichdan iborat bo‘lib, dastlabkisiga London shahri mezbonlik qilganidan xabaringiz bor, albatta.

Poytaxtimizdagi “Tasviriy san’at galereyasi” binosida o‘tkazilgan Gran-pri bahslarida hamyurtimiz Rustam Qosimjonov bilan birga, Rossiya, AQSH, Isroil, Ukraina, Kuba, Xitoy, Italiya, Vengriya, Ozarboyjon davlatlaridan tashrif buyurgan dunyoning eng kuchli o‘n ikki grossmeysteri dona surdi. Xalqaro shaxmat federatsiyasi — (FIDE), “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur turnir dunyoning 170 mamlakatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri on-layn orqali uzatib turildi.

Musobaqa favoritlari qatorida e’tirof etilgan XVI Osiyo o‘yinlari g‘olibi, yurtdoshimiz Rustam Qosimjonov o‘ziga xos rekord sohibiga aylandi. E’tiborlisi, grossmeysterimiz Toshkentda o‘tkazilgan musobaqalarda birorta ham matchda mag‘lubiyatga uchramagan yagona shaxmatchiga aylandi va yakunda (6 ochko) bilan oltinchi o‘rinni egalladi.

Rossiyalik ikki shaxmatchi Sergey Karyakin va Aleksandr Morozevich, xitoylik Vang Xaolar bir xil (6.5 ochko) jamg‘arib, 1-3 o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Xalqaro shaxmat reytingida beshinchi o‘rinni egallab turgan italiyalik Fabio Karuana, ozarboyjonlik Shahriyor Mamadiyorov va yurtdoshimiz Rustam Qosimjonovlar esa (6 ochko)dan jamg‘arib 4-6 o‘rinlarni band etishdi. Shuningdek, ukrainalik Ruslan Ponomaryov, rossiyalik Pyotr Svidler hamda vengriyalik Peter Lekolar (5,5 ochkodan), kubalik Lenyer Dominges Peres (4 ochko), AQSHlik Gata Kamskiy (3,5 ochko) jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi.

Gran-pri musobaqalarining keyingi bosqichlari 2013 yilda Lissabon, Madrid, Berlin va Parij shaharlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mazkur bahslarda hamyurtimiz Rustam Qosimjonovga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Farxod TOLIPOV

Yana o‘qing:  Tadqiqot: oilada asosiy daromad topuvchi bo‘lgan ayollar depressiyaga moyil bo‘ladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: