SHARAFLI KASB

Ustozimiz bizga “Siz tanlagan kasb juda mas`uliyatli. Sababi Konstitutsiyamizda xalqimizga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishi alohida ifoda etilgan. Bu esa soha xodimlaridan kuchli bilim va tajriba talab etadi. Demak, sizlar ham shunchaki o‘qib emas, balki uqib olishingiz lozim. Hamshira o‘z vazifasini va ma`suliyati bilan inson salomatligiga javobgar hisoblanadi”, – deya ta`kidlaganlarida barchamiz zimmamizdagi mas`uliyatni his etdik.

To‘g‘rida, axir biz egallayotgan kasb kelajak avlodlar sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilishimizni talab etadi. Bu borada puxta bilim egallashimiz uchun kollejimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Har bir darsimiz ko‘rgazmali vositalar yordamida qiziqarli o‘tiladi. Maxsus jihozlangan o‘quv-loboratoriya xonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tamiz. Fan xonalari, turli sport to‘garaklari o‘quvchilar bilan gavjum. Konstitutsiyamizda e‘tirof etilgan haq-huquqlarimiz himoyasi bizning har tomonlama kamol topishimizga xizmat qilar ekan, bunga javoban yurtimizga munosib farzand bo‘lish maqsadida tinmay o‘qib izlanaveramiz. Shiorimiz el salomatligi borasida Bosh Qomusimizda belgilab berilgan tamoyillarga amal qilib, yaxshi mutaxassis, etuk tibbiyot xodimi bo‘lishdir.

Iroda USMONOVA,

2-Respublika Tibbiyot kolleji, 331-guruh o‘quvchisi

Яна ўқинг:  Оиладаги отанинг ўрни фарзанд тарбиясида кўринади

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: