FOZIL MUSAYEV YOZDA “ATLETIKO” FUTBOLCHISIGA AYLANISHI UMKIN

O‘tgan mavsumni Qarshining “Nasaf” klubida o‘tkazgan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod Fozil Musayev bilan Madridning “Atletiko” klubi qiziqib qolgan.

“Stadion.Uz”ga yaqin manbalarning xabar berishicha, madridliklar seleksionerlari futbolchini jamoaning qishki yig‘iniga taklif qilib ko‘rikdan o‘tkazishni taklif qilishgan. Shartga ko‘ra, agar Fozil Musayev ko‘rikda Diyego Simeonega ma’qul kelsa, yozgi transfer mavsumiga borib ular Fozilni sotib olishlarini bildirishgan.

Yangi mavsumdan boshlab “Bunyodkor” tarkibida shug‘ullanayotgan Musayev va murabbiylar shtabi agar futbolchini “Atletiko” yozda sotib olishni reja qilayotgan bo‘lsa, seleksionerlarning yozga qadar futbolchining o‘yinlarini kuzatish orqali uni ko‘rikdan o‘tkazish mumkinligini ta’kidlashgan.

Shunday qilib “Bunyodkor”da mavsumni boshlashi kutilayotgan Musayevni yozga qadar “Atletiko” vakillari kuzatib borishadi. Vaziyat bir maromda davom etsa, Musayev yozning dastlabki oyida ko‘rikdan o‘tish uchun “Atletiko”ga jo‘nab ketadi. Agar ko‘rik muvaffaqiyatli o‘tsa, Musayev Ispaniya chempionatida to‘p suruvchi jamoa safiga o‘tgan ilk o‘zbekistonlik futbolchi bo‘lishi mumkin.

Manba: Stadion.uz

Yana o‘qing:  MAHALLAM – ORASTA GULSHANIM

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: