Eng yaqin yulduz atofidagi ulkan yer

Astronomlar bizga (quyosh tizimiga) yaqin bo‘lgan qizil mitti Bernard yulduzi atrofida aylanuvchi, og‘irligi Yerdan 3,2 marta katta bo‘lgan ulkan GJ 699 b sayyorasini kashf etdilar.

Sayyora muz bilan qoplangan bo‘lib, og‘irligi Quyoshdan besh marta kichik bo‘lgan qizil yolg‘iz yulduz tizimiga tegishli. Olimlar Barnard yulduziga avvallari uncha qiziqish bildirilmagan bo‘lsalar-da, uning Yerdan atigi olti yorug‘lik yili uzoqlikda joylashganligi sababli mutaxassislar tomonidan tadqiqot olib borish uchun qiyinchilik tug‘dirmadi.

Dastlabki olingan ma’lumotlar uning atrofida yirik jism borligi haqida taxmin qilishga imkon berdi. Keyingi tadqiqotlar esa yulduz atrofida aylanayotgan jism sayyora ekanligini tasdiqladi. Bu ulkan Yer — GJ 699 bda 1 yil bizning 230 kecha-kunduzga teng. Sayyoraning sirti juda sovuq bo‘lib, Selsiy shkalasida -1700 darajagacha ko‘tariladi. Hozirgi kunda sayyorani o‘rganish HIRES spektometri yordamida amalga oshirilmoqda.

Rustam Karimov,

O‘qituvchi

Yana o‘qing:  Qovoqli salat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: