Tibbiyotda yangi kashfiyot

Meksikalik olim Maks Ortiz Katalan inson tanasidagi to‘qimalarga (suyak, mushak, nerv) to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanuvchi dunyodagi birinchi protezni yaratdi.

Tadqiqot Shvetsiyaning Geteborg shahrida joylashgan Chalmers texnologik universitetida Salgrens shifoxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Mazkur qurilma, inson tanasidagi suyak to‘qimasi bilan implant o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanishni amalga oshirish texnologiyasi-osteointegratsiyani qo‘llash orqali inson tanasining yo‘qolgan qismi tiklanishi imkoniyatini beradi. Avvalroq, osteointegratsiya faqatgina stomatologiyada qo‘llanilgan.

Ushbu qurilma inson suyagiga titan implantlari, elektrodlar tizimi esa mushaklar hamda asab tolalari bilan ulanib, protezga barqaror signalni yuborishga imkon beradi. Bu texnologiya aniq harakatlarni amalga oshirishda yordam beradi.

Shvetsiyalik Magnus Niska shunday protez o‘rnatilgan dunyodagi birinchi inson bo‘ldi. Uning so‘zlariga qo‘ra, protez unga avvalgi hayot tarzini qaytarib berdi va ishlay olishga imkon yaratdi. Uning robotlashtirilgan qo‘li nafaqat idrok orqali boshqarish, balki narsalarni ushlab, his etish imkonini berdi.

Anvar XUDOYBERDIYEV,

TTA talabasi

Yana o‘qing:  Harakatlarsiz ozish

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: