Tanga rohat, ruhga quvvat

Chanqaganimizda suv ichib rohatlansak, yuvinganimizda esa ikki karra bahra olamiz. Chunki yuvinish chog‘ida tozalanish bilan birga ichki a’zolarimiz salomatligiga zamin yaratamiz, vujudimizdan barcha g‘ubor chiqib ketadi. Shu tufayli bo‘lsa kerak hammomni poklanish maskani deymiz. Qolaversa, yuqorida aytib o‘tganimizdek, hammom bir qancha ichki va tashqi kasalliklarga shifo ham hisoblanadi. Bel, oyoqlar, qo‘llar, kuraklar, bo‘yin kabi insonning tashqi a’zolari, shuningdek, ichki a’zolardan nafas yo‘llari, o‘pka, me’da-ichaklar, buyrak, jigar, taloq, qovuq kabilar davolanadi. Qizig‘i shuki, bir a’zoni davolashni ko‘zlab qilingan mehnat tufayli boshqa a’zolar ham davolanadi yoki ularning faoliyati yaxshilanadi. Umumiy sog‘liq mustahkamlanadi. Kuchli terlash natijasida inson terisidagi teshiklar ochiladi va kengayadi. Teridagi qon tomirlar faoliyati kuchayadi. Yuzdagi ajinlar tekislanadi va insonning rangu ro‘yi ko‘rkamlashadi.

Shuningdek, hammomda yaxshi terlash sochni silliq qiladi. Sochlar rangi jilvakor bo‘ladi. Har qanday o‘rimga, shaklga kirishga moyil bo‘ladi. Taraganda sochlar kam to‘kiladi, soch osti tomirlari mustahkamlanadi.

Bundan tashqari ko‘zning ichki tomoni ham tozalanadi, shuning evaziga ko‘z qorachig‘i yana ham qorayadi, ko‘rish qobiliyati yaxshilanadi. Hammomda kishi badanidan g‘ubor chiqib ketishi evaziga teri muloyimlashadi, teri ostidagi mayda qon tomirchalarda qon oqimi ravonlashadi, natijada badan rangi nim pushti atirgul rangiga kiradi. Faqat badan rangi chiroyli bo‘libgina qolmay, unda yoqimli, muloyim hid paydo bo‘ladi. Chunki yomon xiltlar erib tanadan chiqib ketadi.

Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlash joizki hammom qabul qilishning ham o‘ziga xos qoidalari mavjud. Hammomda ko‘p qolish, u joyga bavl qilish, suhbat qurish man etiladi. Bu jihatlar inson salomatligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bu borada bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ham ko‘plab foydali maslahatlar berib o‘tgan.

– Hammom yengil issiq va mo‘tadil ho‘llanishdan manfaat olmoqchi bo‘lgan kishigagina kerakdir. Bu maqsad uchun uning hammomda uzoq qolishi shart emas. Uning obzon ( hammom)da faqat terisi qizarish va bo‘rtishda davom etgunigacha turishi kifoya qiladi. Terining qizarishi yo‘qola boshlagach, hammomdan chiqish kerak.

– Hammomdan chiqqach yoki hammomning o‘zida sovuq ichimliklarni ichishdan tiyilish kerak. Chunki, bu vaqtda badan teshiklari ochiq bo‘lib, sovuq boshqaruvchi a’zolarning javhari tomon intiladi va ularning quvvatini sindiradi. Shuningdek, biron issiq narsani yeyishdan, ayniqsa, issiq suv ichishdan saqlanish kerak. Chunki, bu boshqaruvchi a’zolarga borib sil va ingichka og‘riq kasalligini keltirib chiqarishi sababli xavflidir. Jumladan:

Yana o‘qing:  Mijozingizni bilib davolaning

– Hammomdan chiqqach, boshni birdan yalang qilishdan, tanani sovutishdan saqlanish kerak, qish vaqtida hammomdan issiq kiyimga o‘ralib chiqish zarur.

– Hammomning ko‘p foydalari bilan birga zarari ham bor. U zaiflashgan a’zolarga chiqindilarning quyulishini osonlashtiradi, badanni bo‘shashtiradi, asabga zarar yetkazadi. Tug‘ma issiqlikni tarqatadi. Ovqatga bo‘lgan ishtahani tushiradi va jinsiy quvvatni zaiflashtiradi.

– Harsillashga uchragan kishilar mumkin qadar hammomdan, ayniqsa, ovqat yeb hammomga tushishdan, ko‘p uxlashdan, ayniqsa, kunduz kuni uxlashdan saqlanishlari zarur.

Bundan ko‘rinib turibdiki, hammomga tushish ham me’yor talab etar ekan. U orqali ayrim kasalliklardan forig‘ bo‘lsak, aksincha bemavrid qabul qilingan hammom ko‘pgina kasalliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lar ekan.

Mayna HASANOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: