Sun’iy qon ustidagi tajriba

Ruminiyalik olimlar tomonidan suv, tuz va oqsildan ishlangan sun’iy qon sichqonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi. Endi u odamlarda sinab ko‘riladi. Olimlar bu boradagi tajribani 2014-15 yillarda o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Kelajakda mutaxassislar bir zumda tayyorlanuvchi qonga ega bo‘lishlari mumkin. Bunda donorlik qoniga ehtiyoj sezmaslik uchun suvga asosan tuz va tarkibida temir moddasi bo‘lgan gemeritrin oqsilidan iborat aralashma qo‘shish kerak bo‘ladi, xolos. Gemeritrin oqsili bo‘g‘imli chuvalchanglarning ba’zi bir turlarida kislorod yetkazib berish funksiyasini bajaradi.

Hozirga qadar sun’iy qon ishlab chiqish borasidagi barcha urinishlar muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanayotgan edi, deb yozadi “Daily Mail” nashri. So‘nggi paytlarda naychali hujayralardan sun’iy qon yaratish borasidagi urinishlar istiqbolli hisoblanmoqda. Hozir u Fransiyada odamlarda sinab ko‘rilyapti. Bu boradagi tajribalar boshlang‘ich bosqichda bo‘lib, hozircha natijalar haqida gapirishga erta. Shuningdek, olimlar tarkibida temir moddasi bo‘lgan murakkab oqsil, ya’ni gemoglobinni tayyorlash borasida ham tadqiqotlar olib bormoqda.

T.ORTIQOVA tayyorladi.

Yana o‘qing:  O‘rtacha miqdorda alkogol ichish ham miyada salbiy ta’sirini qoldiradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: