Nos tarkibi o‘rganildi

Shvetsiyalik olimlar dunyoda birinchi bo‘lib nos tarkibini aniqladi, deya xabar bermoqda qator internet nashrlari.

Avvalroq Qozog‘iston olimlari shu paytgacha tarkibi o‘rganilmagan ushbu mahsulotni to‘liq tahlil qilishga kirishgan. Biroq, mamlakatdagi laboratoriyalar bunday ekspertiza o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Shu bois Qozog‘istonda tayyorlangan nos namunasi Stokgolmdagi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti laboratoriyasiga jo‘natiladi.

Shvetsiyalik olimlar nosda xrom, nikel, kadmiy, qo‘rg‘oshin va margimush moddalari borligini, ushbu moddalarning barchasi mumkin bo‘lgan miqdordan ortiq ekanligini aniqladi. Chunonchi, nikel me’yordan 5,1 marta, xrom – 17 marta, qo‘rg‘oshin 38 marta ko‘p bo‘lgan. Margimush esa chaynaladigan tamaki tarkibida umuman bo‘lmasligi kerak.

Shuningdek, nosning qo‘lda, sanitariya qoidalariga rioya qilinmagan holda tayyorlanganidan darak beruvchi turli kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar topildi. Bundan tashqari, nos tarkibidagi tamakida saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan moddalar miqdori me’yordan to‘rt marta ortiq ekanligi aniqlangan.

Bunday moddalarning shakllanishiga imkon yaratuvchi nitritionlar esa mumkin bo‘lgan miqdordan 91 marta ko‘p ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu natijalar orqali tadqiqotchilar Qozog‘iston va boshqa mamlakatlarda nos sotishni ta’qiqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi, degan xulosaga kelishdi.

Yana o‘qing:  Semizlik emlama samarasini tushirib yuboradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: