Ezgulikdan yashnagan umrlar

Darhaqiqat, qon topshiradigan donorlarni har qancha ardoqlasak oz. Chunki, har kimning ham bu savobli ishni bajarish qo‘lidan kelavermaydi. Qon topshirib biror bir inson hayotini saqlab qolish yuksak insoniy fazilatlaridan biri hisoblanadi. Qon zahirasi har bir davlatning muhim strategik boyligidir. Og‘ir ahvoldagi bemorlar hayotini asrab qolishda hozirgi davrgacha qon o‘rnini to‘liq bosa oladigan hech qanday dorivor vosita kashf etilmagan. Qon, uning komponentlari va preparatlari qon tizimi kasalliklarida (og‘ir darajali kamqonliklarda, oqqon (leykoz-qon raki)da, qon tizimi buzilgan xastaliklarda ya’ni, gemofiliya, koagulopatiyalarda) saratonning turli ko‘rinishlarida, shuningdek, og‘ir kechadigan tug‘ruq jarayonlari va qon ketishlar, murakkab operatsiyalar, og‘ir darajali kuyishlarda muntazam qo‘llaniladi. Shunday ekan mamlakatimiz aholisi o‘rtasida beg‘araz donorlikni yanada rivojlantirish orqali qon zahirasini aholi soniga nisbatan bir me’yorda saqlab turishimiz muhimdir.

Buning uchun hukumatimiz tomonidan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Mamlakatimizning har bir viloyat va tumanlari qon xizmati muassasalarida qon va uning komponentlariga ishlov berish va ularni saqlash uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Qon berish tartibi O‘zbekiston Respublikasining donorlikka doir qonuni va Sog‘liqni saqlash vazirligining huquqiy-me’yoriy hujjatlarida batafsil bayon etilgan. Sog‘lom odamlar 60 kunda bir marta qon berishi mumkin. Uninig komponentlarini berish esa 15 kunda bir marta deb belgilangan. Badalsiz qon berish erkaklar uchun bir yil davomida 5 marta, ayollar uchun 4 martagacha deb ko‘rsatilgan. 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom fuqarolarga qon topshirishga ruxsat beriladi. Qon berish jarayonidan avval donorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Donor qon berishidan oldin qonning umumiy tahlili va qon guruhi tekshiriladi. Uning qoni keyin laboratoriya sharoitida chuqur tahlil etiladi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, aholi ehtiyojini qon tarkibiy kismlari bilan to‘liq ta’minlash uchun qon topshirish ko‘rsatgichi har 1000 nafar kishiga 10 nafarni tashkil etishi kerak. Bu esa mamlakatimizda 4 nafar donorni tashkil qilmokda. Ko‘rinib turibdiki bu ko‘rsatgichni yanada oshirish uchun aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini muntazam tarzda olib borishimiz lozim.

Respublika Qon quyish markazida yil davomida 21 ming 439 nafar beg‘araz donorlar, 3 ming 577 nafar qon hujayrasi donorlari va 159 nafar doimiy donorlar qon va uning komponentlarini topshirishgan hamda yil davomida 14 ming 455 litr qon donorlardan olingan. Respublika bo‘yicha donorlarning umumiy soni 122 ming 397 nafarni tashkil etgan. Yil davomida 69 ming 201 litr qonga ishlov berilgan. Bu ko‘rsatgichlar yildan yilga oshib bormoqda. Har yili muntazam o‘tkazib kelinayotgan Xalqaro donorlar kuni respublikamizning barcha Qon quyish markazlarida keng nishonlanadi. Donorlarga tashakkurnomalar, “Faxriy donor” ko‘krak nishonlari, esdalik sovg‘alarini taqdim qilish orkali o‘z minnatdorchiligimizni bildirmokdamiz.

Yana o‘qing:  Bepushtlikka sabab “tepki”

G‘ulomiddin EGAMQULOV,

Respublika qon quyish markazi Qon gravitatsion xirurgiyasi bo‘limi boshlig‘i

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: