Birinchi taassurot aksariyat hollarda noto‘g‘ri bo‘ladi

Prinston universiteti professori Aleks Todorovning fikricha, biror notanish kishi bilan uchrashganimizda asosan uning yuz ifodasiga qarab xulosa chiqarar ekanmiz. Lekin bu haqiqatga unchalik to‘g‘ri kelmaydi.bunday noto‘g‘ri gumonlar umr yo‘ldosh yoki o‘zimiz xohlagan ishni topishimizda xalaqit berishi mumkin, deyiladi The Daily Mail gazetasida.

Quvnoq ko‘rinadigan odamlar hatto tabassum qilishmasa ham ko‘pchilikda ishonchni qozonadigan kishidek taassurot qoldiradi, yuzidan g‘azab ifodalanib turadiganlarda esa buning aksi. Bundan tashqari, terining rangsizligi va uyqusirash kabi alomatlarni aql-idrok darajasining pastligi bilan bog‘laydilar. Bularning barchasi notanish inson haqida noto‘g‘ri tasavvur paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Professor Todorov hamkasblari bilan birga tajriba o‘tkazdi. Ishtirokchilarga yuz nafar odamning yuzi ko‘rsatildi va ularning jozibadorligi, bilimdonligi va boshqa fazilatlariga baho berishlari so‘raldi. Tadqiqot natijalari boshqalardan ajralib turuvchi qiyofadagi odamlarga ko‘proq ijobiy xarakteristika berilganini ko‘rsatdi. Bundan kelib chiqadiki, birinchi taassurot oldingi tajribalar asosida paydo bo‘ladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Endi smartfonlar glaukomani aniqlaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: