Sog‘lom ruh tanni davolaydi

Liz Burboning «O‘z tanangni tingla» asaridan

Aksariyat hollarda kasalliklar salbiy fikrlarimiz, tuyg‘ularimiz, aybdorlik hissi, e’tiborga moliklik, noqulay vaziyatdan chiqib ketish istagi tufayli yuzaga keladi. Shunday insonlar borki, ular «elvizakda tursang, albatta shamollab qolish mumkin», qabilidagi gaplarga astoydil ishonadilar. Aynan ular har qanday yuqumli kasalliklarni osonlikcha yuqtirib oladilar. Liz Burboning aytishicha, har bir kasallik o‘zimizga e’tiborliroq bo‘lishimiz kerakligi haqida eslatib turar ekan. Biroq, o‘zini sevgan insongina har qanday kasallikni yengib o‘tishi muqarrar.

Artrit – bo‘g‘imlarning revmatologik xastaligi bo‘lib, yallig‘lanishning barcha belgilari (shish, qizarish, haroratning ko‘tarilishi, og‘riq) bilan birga kechadi. Ushbu kasallik bemorga kechayu kunduz aziyat yetkazadi. Chunki og‘riq harakatda bo‘lganida ham, tinch holatda ham sezilib turadi. Shunday ekan bo‘g‘imlarda og‘riq kechasi paydo bo‘lib, yallig‘lanish alomatlari bilan birga kechsa, hoynahoy bu artrit kasalligidir. Bunda bo‘g‘imlarning harakatchanligi pasayib, bemorning jismoniy imkoniyatlari sezilarli darajada cheklanadi.

Tibbiyotda artritning bir qancha turlari farqlanadi. Xastalikning og‘irligi his-tuyg‘u, mental va ruhiy to‘siqlarning jiddiyligidan darak beradi.

Odatda artrit o‘ziga o‘ta talabchan, shaxsiy istak va ehtiyojlarini izhor etolmaydigan, dam olishni, bo‘shashishni bilmaydigan insonlarda vujudga keladi. Bunday kishilarning fikricha, yaqinlari ularni yaxshi tushunib, kerak bo‘lgan barcha narsalarni o‘zlari bilib, muhayyo qilib berishlari lozim. Biroq, atrofdagilar ishonchni oqlamaganda, hafsalasi pir bo‘lib, ixlosi qaytadi, qattiq ranjib, xafa bo‘ladilar. Shuningdek, bu kabi insonlarda, qo‘llaridan hech ish kelmasligini bilsalar-da, qasos olish istagi paydo bo‘ladi. Bu o‘z navbatida, kuchli jaholatni yuzaga keltiradi. Ularning ichki «tanqidchi»si o‘ta shakllangan bo‘ladi. Artrit paydo bo‘lgan tana qismiga qarab muammolar kelib chiqish sababini aniqlash mumkin. Masalan, agar artrit qo‘l bo‘g‘imlarida bo‘lsa, kishi qo‘li bilan qilayotgan ishlarga o‘zga nazar bilan qarashi kerak. Ya’ni, yordam kerak bo‘lsa, uyalmay, «ichimdagini top» deb o‘tirmay, yordam so‘rashi lozim.

Artrit kasalligiga yo‘liqqan bemorlar, odatda, yuvosh va sodda ko‘rinadilar. Biroq, aslida ular nimadandir norozi bo‘lib, g‘azablarini ichlarida saqlab, tashqariga chiqarmay yuradilar. Bu salbiy tuy­g‘ular esa ularni shol qila boshlaydi. Bunday kasallar ichlarida nojo‘ya hislarni yig‘ib yurmasliklari muhim.

Mental to‘siq

Yana o‘qing:  “Yangicha” tarbiya usuli

O‘ylab ko‘ring, nima sababdan sizga o‘z istak va xohishlaringizni amalga oshirish shu darajada qiyinchilik tug‘diradi. Balki, siz xohlagan ishimni qilsam, o‘zimni to‘xtatolmay, xudbinlikka yo‘l qo‘yaman, degan xayolga borayotgandirsiz. Buni tekshirib ko‘ring va shunda o‘zingizga nisbatan noxaq ekanligingizni tushunasiz. “Xudbin” so‘zining ma’nosini ham yaxshilab tushunib olishingiz kerak. Biror ishni qilishni xohlamasangiz «yo‘q» deb ko‘ring. Lekin astoydil qo‘l bog‘lagan ishingizni chin ko‘ngildan, mamnuniyat ila hadeb o‘zingizni tanqid qilavermay bajaring.

Agar siz birovning e’tirofi yoki maqtoviga erishish uchun o‘zingizga dam bermay ishlayotgan bo‘lsangiz, qaytadan harakatingizni ko‘rib chiqing. O‘zingiz uchun harakat qilayotganingizni, hech kim sizni majburlay olmasligini tushunib yeting. Birovga yordam bergingiz kelsa, chin yurakdan, o‘zingizni tanqid qilmay, majburlamay qiling. Shunda hayot sizga lazzatliroq tuyulib, harakatchan va g‘ayratliroq bo‘lib borasiz.

Hilola SALOYEVA tarjimasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: