Raqsga shaydo ko’ngil

Toshkent Davlat milliy raqs xoreografiya oliy maktabi 3-milliy raqs yo’nalishi 1-bosqich talabasi Saodat Mirkamolova o’z hayotini san’atsiz tasavvur etolmaydi. Bolaligida Saodat musiqa yangrashi bilan raqsga tushib ketar, buvisi Farida opa quvonib unga jo’r bo’lardi.

Onasi Sabohat opa qizidagi san`atga bo‘lgan qiziqishni ko‘rib uni 4 yoshidan boshlab “Bulbulcha” bolalar ansambliga olib bordi. Saodat yetti yil ana shu ansamblda ustozi Noila Ortiqovadan san`at sirlarini, sahnada o‘zini erkin tutishni o‘rgandi. O‘zbekiston xalq artisti Shermat Yormatovning “Qo‘shig‘im-jon, qo‘shig‘im” ko‘rsatuvida faol ishtirok etdi.

5-sinfda Toshkent Davlat milliy raqs xoreografiya oliy maktabining “Balet” yo‘nalishiga o‘qishga kirdi. Ayni paytda ushbu bilim dargohida ustozlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Nasiba Madrahimova, Karima Uzoqovalar hamda Tursunoy Sapayeva, Muhabbat Qurbonovalardan san`at va raqs sirlarini mukammal o‘rganmoqda. Maxsus fanlar – “klassik-balet”, “xalq raqslari”, “o‘zbek raqsi” sirlarini Saodat ham sinfdoshlari qatori jon qulog‘i bilan tinglaydi. U maktabda boshqa fanlarga, ayniqsa, biologiya fani hamda fransuz tiliga qiziqadi. Fortopiano chalish yo‘l-yo‘riqlarini ustozi Lyubov Kargapolovadan qunt bilan o‘rganmoqda.

Yosh va iqtidorli raqqosa asta-sekin yurtimizda o‘tkaziladigan bayram tantanalarida tengqurlari qatori o‘z raqslari bilan ishtirok eta boshladi. Yaqinda mamlakatimiz uchun katta shodiyonaga aylangan “Bunyodkor” sport majmuasining ochilish marosimida Saodat Mirkamolova O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulsanam Mamazoitovaning “Vatan” haqidagi qo‘shig‘iga raqsga tushdi.

– Bu tantana hech qachon yodimdan chiqmaydi. Katta maydonda raqsga tushar ekanman o‘zimni nihoyatda baxtiyor his qildim. Shu Vatan farzandi bo‘lganimdan qalbim g‘urur va iftixorga to‘ldi. Aslida milliy mumtoz qo‘shiqlarga raqsga tushish jonu dilim. Ayniqsa, “Tanovor”, “Dilxiroj”, “Oq gulim”, “Bahor valsi” raqslariga mehrim o‘zgacha.

Raqqosa har doim o‘z yurish-turishiga, kiyinish madaniyatiga e`tiborli bo‘lishi lozim. Shu bois men ham kun tartibiga doimo rioya qilaman. Saharlab uyqudan turib mashq qilaman. Oyoqlarimni keng tashlab maxsus mashqlarni bajaraman, – deydi Saodat Mirkamolova.

Kelajakda iqtidorli yoshlarimiz qatori Saodat qizimiz ham san`at osmonida porloq yulduz bo‘lishini tilab qolamiz.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Яна ўқинг:  DUNYONING BIRINCHI RAQAMLI FORTEPIANOCHISI

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: