Qonunchilikda xotin-qizlar muhofazasi

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-huquqiy muhofazasi mustaqillikning ilk yillaridanoq davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ularning jamiyatdagi faolligini oshirib, ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topishi, barcha sohalarda erkaklar bilan teng huquqliligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Zero, gender tenglikka erishish barqaror taraqqiyotning asosiy omillaridan biridir. Bu masalani hal etish bozor iqtisodiyoti islohotlariga bosqichma bosqich o‘tish yo‘lini tanlagan yosh mustaqil davlatlar uchun muhim sanaladi. Chunki, ko‘plab mamlakatlarda bo‘lgani kabi mamlakatimiz aholisining 51,2 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Ularning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etishi, jamiyatning barqaror rivojlanishining muhim omillaridan biridir. Mustaqilligimizning ilk kunlaridanoq Prezidentimiz bu haqda shunday deydi: «Insoniyat tarixi shundan guvohlik beradiki, ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma’naviy barkamolligi ayollarga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi. Ayniqsa, ayollarga Sharqona ehtirom va e’zoz biz uchun ibratli merosdir».

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 2 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni, 1998 yilning «Oila» yili, 1999 yilning «Ayollar» yili deb e’lon qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘ta zararli va o‘ta og‘ir mehnat sharoitlarida ishlayotgan ayollarning daromadlariga imtiyozli soliq solish to‘g‘risida»gi Qarori, 2004 yil 25 maydagi «O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-3434-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi Qarori yurtimizda ayollarga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtirom namunasidir.

Prezidentimizning 1995 yil 2 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ayollarni mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti masalalarini hal qilishga, ularning davlat va jamoat boshqaruvidagi ishtirokini oshirishga keng jalb etish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Mazkur Farmonga binoan Bosh vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etilib, uning zimmasiga xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi rolini yanada oshirish bilan bog‘liq masalalar yuklandi. Mazkur farmon bilan viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimliklarida hokimlarning xotin-qizlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari lavozimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qor­g‘i Kengesida Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi o‘rinbosarining tegishli lavozimi joriy etildi.

Yurtimizda ayollarning muammolari bilan bog‘liq siyosatni amalga oshiruvchi ushbu tizim xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlab, salohiyatini ro‘yobga chiqarishda samarali ta’sir o‘tkazmoqda.

Yana o‘qing:  Bola boshidan...

Shuningdek, «Mehnat» va «Oila» kodekslarida ayollarga imtiyozlar berilib, huquqiy himoyaga olingan. 1999 yil 14 aprelda O‘zbekicton Respublikasining «Xotin-qizlarga qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingan.

Bugungi kunda oila, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofazasi hamda ayollar huquq va erkinliklarini ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasining 80 ga yaqin qonuni va qonun osti hujjatlari mavjud.

Mavluda MANSUROVA,

Shayxontohur tumanidagi 7-sonli davlat notarial idorasi katta notariusi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: