Otam xotirasiga bag‘ishlov

Otam Tolibjon Ahmedov mash’um qatag‘on siyosatining qurboniga aylanib Sibirga surgun qilingan. To‘xtovsiz azob-uqubatlarni boshidan o‘tkazgan. Vatandan uzoqda boshidan kechirgan qiyinchiliklarini bizga ko‘p hikoya qilib berardi. Bugungi osoyishta zamonning qadriga yetishni uqtirardi.

Otam aytar edi ey, ona qizim,

Kurashsang kurashgin haqiqat uchun.

Haqiqat yuzaga chiqadi sizib,

Ko‘rsatar ekan bas, tokim vaqt kuchin.

Otishga ham hukm qilishgan meni,

Bu xalqning dushmani, ketsin izsiz deb.

Biz bayroq qilgandik ishonchimizni,

Ozod, hur kunlarga erishamiz deb.

Unutmasman aslo yoshlik kezlarim,

Badanni teshardi o‘rmon muzlari.

Yo‘qdan bor qilgandik Vorkuta shahrin,

U yerda bor minglab o‘zbek izlari.

Haqiqat dahshatli bo‘ladi ba’zan,

Sibir qamoqlari, fojeli makon.

Martaba yo‘q edi qullikdan boshqa,

Yagona ilinjim haqiqat – imkon!

Otam aytar edi ey, ona qizim,

Kurashsang kurashgin haqiqat uchun.

Haqiqat yuzaga chiqadi sizib,

Ko‘rsatar ekan bas, tokim vaqt kuchin.

Soraxon AXMEDOVA

Yana o‘qing:  Aholi salomatligi — oliy maqsadimiz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: