MTMdagi ovqatlanish tartibidan xabardormisiz?

Maktabgacha ta’lim tizimida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni tashkil etishda shaffoflik  ta’minlanib, sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z vaqtida yetkazib berish va xarid tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Joriy yilning 9 noyabr kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi 8-maktabgacha ta’lim muassasasida 59 nafar tarbiyalanuvchi va 3 nafar xodimning ovqatdan zaharlanishi kuzatilgan edi. MTM oshxonalaridagi bundayn muammolarning oldini olish yuzasidan tashkiliy ishlar ko‘rildi.

Ma’lumot o‘rnida ota-onalar uchun tegishli sanitariya qoidalariga asosan bog‘chalarda o‘rnatilgan quyidagi ovqatlanish rejimi xususida to‘xtalsak:

nonushta – 8.30-9.30;

tushlik – 12.30-13.30;

tushdan keyingi choy – 16.00-16.30;

kechki ovqat – 18.00-18.30.

(12 soatli bog‘chalar uchun).

Bog‘chalarda mazkur ovqatlanish rejimiga qat’iy rioya qilinishi shart.

Belgilangan vaqtlardan chetga chiqish (20-30 daqiqacha)ga favqulodda hollardagina yo‘l qo‘yiladi. Bunda bola ishtahasining yo‘qolishini oldini olish maqsadida ovqatlanishlar orasidagi tanaffuslar paytida kichkintoyga yeguliklar, birinchi navbatda turli shirinliklar, pechenye va shirin kulchalar berish taqiqlanadi. Bundan tashqari, meva va rezavorlar, sabzavotli salatlar ham faqatgina ovqatlanish paytida berilishi lozim.

Taomlanish vaqtida shirin sharbat va shirin choy, sut va kefirdan ichimlik sifatida foydalanish mumkin emas. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ilk yosh guruhi (2-3 yosh) va kichik guruhlarning (3-4 yosh) yotoqxonalarida ikki qavatli karavot o‘rnatish mumkin emas.

Dilfuza AZIMOVA

Yana o‘qing:  Xushovoz Sarvinoz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: