FARZANDLARIMIZGA shukronalik ruhini singdiraylik

yohud “O‘ksik dillar faryodi” kitobini o‘qib

Pedagog va psixologlar tomonidan kattalarning kichiklarga amaliy o‘rnak ko‘rsatish masalasi hamisha yuqori baholangan. Oilada mehr-oqibatni ko‘rgan, kuzatgan farzandlar Vatan oldida ham o‘zligini namoyon qila oladi. Bugungi kunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy g‘urur, iftixor tuyg‘usini shakllantirish uchun, avvalo, ularda shukronalik xislatlarini shakllantirish lozim.

Yuridik fanlari nomzodi, professor, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati martabasigacha erishgan Soraxon Ahmedovaning hayot yo‘li aks etgan “O‘ksik dillar faryodi” kitobini o‘qib, shu xulosalarni yana bir bor dildan his etdim. Opani ko‘p yillardan beri bilaman. Uning hayot yo‘liga – halollik, to‘g‘rilik, muhtojlarga qayishish, har qanday vaziyatda o‘zini boshqara olish qobiliyatlariga havas qilaman.

Soraxon opaning o‘zlari yozgan, bolaligiyu yoshliklarini hikoya qilgan “O‘ksik dillar faryodi” kitobi farzandlarimizga hayot maktabi ekanini qayta-qayta aytgim keladi. Kitobda yoshligida onasi vafot etgan, o‘gay onaning zug‘umlariga uchragan uch qizaloqning boshidan kechirganlari, mehribonlik uyida otasini intizor bo‘lib kutganlari, nihoyat o‘z kelajaklari uchun o‘zlari kurashishlari kerakligini anglab yetganlari ko‘rsatiladi. O‘n sakkizga ham to‘lmagan qizaloqning singillarini qanotiga olib, kurashlar ichra o‘zligini topgani aks etadi. Ikkita himoyasiz singlisi uchun javobgarlik va mas’uliyat hissini anglagan, nozikkina yelkasidagi og‘ir yuk bilan hayotning o‘nqir-cho‘nqirliklaridan mardona yorib chiqa olgani, yetim boshi bilan ko‘zlagan barcha maqsadlariga munosib erisha olgani tasvirlanadi.

Darhaqiqat, bu kitob farzandlarimizni shukronalikka, yaxshilikni qadrlashga, kurashuvchanlikka hamda yurtning farovonligiga hissa qo‘shish uchun jonkuyarlik qilishga o‘rgatadi.

Dilnoz RO‘ZIYEVA,

pedagogika fanlari doktori,

professor

Yana o‘qing:  Yo‘l harakati qoidalari HUSHYORLIKKA ChORLAYDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: