TIKUVCHI QIZ tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Quvonarlisi, aholi ayniqsa yoshlar orasida mazkur sohaga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Mamlakatda xususiy tadbirkorlikning keng rivoj topishi aholi o‘rtasida iqtisodiy farovonlikka zamin bo‘ladi. Bir ish boshidan tutgan rejali tadbirkor o‘z yeriga, o‘z mablag‘iga ega bo‘ladi, iqtisodiy mustaqillikka erishadi. Biroq tadbirkor bo‘lish uchun istak va xohishning o‘zi yetarli emas. Buning uchun muayyan bilim va ko‘nikma, shuningdek ishbilarmonlik qobilyatiga ega bo‘lish zarur. Gulnoza Qo‘chqorova aniq va puxta rejaga tayanib tadbirkorlik faoliyatini boshladi.

– Chiroyli tikilgan pardalar uyni bezab turishini ko‘rib, men ham tikuvchi bo‘lishga havas qilganman. Faoliyatimni kichik kiyimlardan boshlagan bo‘lsam, xozir pardalar tikish bilan ham shug‘ullanaman, – deydi Yashnobod tumanidagi Ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kolleji o‘quvchisi Gulnoza Qo‘chqorova. – Biz yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan keng foydalangan holda ish faoliyatimni kengaytirmoqchiman. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan 2014-yilda “Mening biznes g‘oyam” tanlovida g‘olib bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini boshlaganman. Besh nafar kollej bitiruvchisini ish bilan ta’minlab, maktab o‘quvchilari uchun maxsus formalar tikyapmiz. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “Ishbilarmon talaba – 2015” tanlovi, “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik tanlovlarida qatnashib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdim. Kelajakda Vatanim rivojiga munosib hissa qo‘shadigan mutaxassis bo‘lib yetishish niyatidaman.

Ta’kidlash joizki, Vatanimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida yoshlarning ulushini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash muhim va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Ushbu vazifalarni bajarish borasida, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan qator vazirlik, idoralar va tijorat banklari hamkorligida turli loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchilarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb qilish orqali ularning bandligini ta’minlash maqsadida 2011-yildan buyon “Mening biznes g‘oyam” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

Loyihaga 2011-yildan 2014-yilga qadar 233 mingdan ortiq kasb-hunar kollejlari va akademik-litsey bitiruvchilari jalb qilingan bo‘lsa, 2015-yilning o‘zida 156 ming 354 nafar yoki respublika bo‘yicha jami bitiruvchilarning 30, 1 foizi qamrab olindi.

Яна ўқинг:  Баъзи феъл-атвор хусусиятлари инсонни ёлғизликка дучор қилади

Ana shunday loyihalardan biri “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihasidir. “O‘zbekiston Respublikasida 2015-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ning 3-yo‘nalishi 30-bandi bo‘yicha “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati asosiy ijrochi etib belgilangan mazkur loyiha 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, shu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan.

Quvonarlisi, yoshlar tadbirkorlik faoliyati bilan nafaqat o‘zlarining, balki o‘z tengdoshlarining ham bandligini ta’minlamoqdalar. Yosh avlodning ana shu ruhda tarbiya topayotgani, ularning aqlu zakovati mustahkam irodasida mujassamdir. Shunday g‘ayratli, ishbilarmon yoshlarimiz borligidan har qancha faxrlansak arziydi.

Charos XUSHVAQTOVA

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: