Bu hali holvasi

Bundan besh-olti yillar avval sevimli yozuvchimiz Tohir Malik bilan kasb-hunar kollejida ijodiy uchrashuv o‘tkazdik. Suhbat so‘nggida o‘quvchilar yozuvchining “Alvido, bolalik” qissasidan o‘zlari tayyorlagan sahna ko‘rinishlarini namoyish etishni boshlashdi. O‘quvchi “aktyor”larimiz asar qahramoni Qamariddinning bolalar bilan mushtlashish joyini shu qadar rolga kirib “ijro” etishdiki, Tohir akaning o‘zlari ularni to‘xtatishiga to‘g‘ri keldi.

“Rahmat, yaxshi o‘ynadingiz. Hayajonlanib tomosha qildim. Ammo bir-biringizga bunday qattiq ozor yetkazishingizni bilganimda, bu asarni yozmagan bo‘lardim”, – dedilar. Sho‘xroq o‘quvchimizdan biri esa ularga javoban shunday degandi: “Tohir aka, bu hali holvasi. Biz Qamariddin bilan bog‘liq qotillik sahnasiga ham tayyorgarlik ko‘rganmiz”.

Nilufar SAPAYEVA

Yana o‘qing:  Kichkintoylarning sevimli maskani

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: