KELAJAKKA BO`Y CHO`ZGAN YOSHLAR

Hukumatimiz tomonidan ta'lim sohasini rivojlantirish va isloh qilishga katta e'tibor qaratilib, sohaga oid qator qonun va qarorlar, me'yoriy hujjatlar qabul qilinib, hayotga keng tadbiq etilmoqda. Bu esa yoshlarimiz o'z iqtidor va qobilyatini to'la namoyon etishiga imkon yaratmoqda.

Ayni paytda 630 nafar o'quvchi ta'lim olayotgan Nurobod kichik va o'rta biznes kollejida 56 nafar o'qituvchi va murabbiylar yoshlarga kasb sirlarini o'rgatib, fanlardan saboq berishyapti. O'quvchilar puxta bilim olish bilan birga amaliyotni o'tash jarayonida ham faol ishtirok etib, o'z bilim va mahoratlarini orttirib boryapti. Kollejimiz hududini obodonlashtirish, bog'-rog'lar tashkil etish borasida o'simlikshunoslik va fermerlik yo'nalishida ta'lim olayotgan o'quvchilar ustozlari ko'magida ibratli ishlarni amalga oshiryapti. E'tiborlisi, o'quvchilar mo'l hosil olish sirini amaliyotda o'rganish imkoniyatiga ega bo'lishmoqda.

Ta'lim maskanida yoshlarimiz uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Turli fan hamda sport to'garaklari, kompyuter va lingafon xonalari, oshxona, shinam yotoqxona o'quvchilar ixtiyorida. Ular bunday imkoniyatlarga javoban yaxshi o'qib, o'zlari qiziqqan kasb egasi bo'lishga intilishmoqda.

Axborot resurs markazi zamonaviy turdagi barcha axborot texnalogiyalari bilan ta'minlangan. Prezidentimizning 2006-yil 20- iyundagi “Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risida”gi Qarori ijrosi sifatida bunyod etilgan Axborot-resurs markazida badiiy adabiyotlar, darsliklar, o'quv qo'llanmalar va elektron darsliklar mavjud. Tikuvchilik xonasiga Polsha davlatidan grant asosida tikish mashinalari keltirilgan.

Kollej o'quvchilari turli sport musobaqalari, fan olimpiyadalarining viloyat va respublika bochqichlarida faxrli o'rinlarni egallab kelishmoqda. Jumladan, Dilshod Oynazarov sportning milliy kurash yo'nalishida, Gulnora Samatova, Iroda Pardaboyeva, Nilufar Xoliqova kabi iqtidorli o'quvchilarimiz fan olimpiyadalarida g'oliblikni qo'lga kiritishgani, kollejda o'quvchilar uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar samarasidir. Yaqinda ilm dargohining 28 nafar sportchi qizlari Prezident sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, kollejda kam ta'minlangan, imkoniyati cheklangan va boquvchisini yo'qotgan o'quvchilarga doimo g'amxo'rlik ko'rsatib kelinmoqda.

Kollejimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlar ham yaxshi yo'lga qo'yilgan. O'quvchilar o'rtasida turli tadbirlar o'tkazilib, ota-onalar bilan ishlash, jamoat tashkilotlari, huquq tartibot organlari bilan hamkorlik izchil yo'lga qo'yilgan. Bir so'z bilan aytganda ilm dargohidagi keng imkoniyatlar ulkan yutuqlar uchun zamin hozirlamoqda.

Zamira YUNUSOVA,

Яна ўқинг:  Она табиат – табиий дорихона

Nurobod kichik va o'rta biznes kolleji direktori

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: