Otam erur quyoshim

Ota-onam

Onajonim – oftobim –

Mehri bir daryo.

Onajonim – posbonim –

So‘zi bir dunyo.

Onamning ko‘zlaridan

Nur yozg‘ilar hamisha.

Otamning so‘zlaridan

Shahd bilinar hamisha.

Agar dunyo aylanib,

Bo‘lsa charxpalak.

Ota-onam oldida

Shu ham bir ko‘lmak.

Otam erur quyoshim.

Onam mening oyimdir

Ikkovlari yonimda

Mening ulkan baxtimdir.

 

 

Vatan

Vatan ne deb so‘rashsa,

Shunday javob berardim.

Ota-onam, oilamni –

Vatan deb ta’riflardim.

Maktabim, yurgan yo‘lim –

Paxtazorim-chamanim.

Tandir, o‘choq borini –

Vatan deb ardoqlardim.

Kimki vatan ne desa,

Shunday degan bo‘lardim.

O‘zbekning cho‘l-biyobonin

Vatanim deb suyardim.

Yana kim vatan desa,

Ardoqlasa qadrin bilsa,

O‘z Vatani bor hammaning

Qadrin biling Vatanning.

 

Ma’buda NAMOZOVA,

poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi

17-DIUM o‘quvchisi

Yana o‘qing:  Dildorga noma

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: