Dildorga noma

Bardoshimni sinama, dildor,

Ayirmagin hushdan boshimni.

Mening dardim she’rimda oshkor,

Afsus bilan to‘kma yoshingni.

Ko‘zimga boq, dardimni o‘qi,

Yuragimda yillar armoni.

Bir muhabbat dardida kuyib,

Ostin – ustun qilay dunyoni.

Sen yo‘qotib qo‘ymagin meni,

Erkalagin meni beozor.

Ishq yo‘lida bir umr, endi

Madhing kuylab she’r bitay bedor.

Hikmatillo MAMAZIYOYEV

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: