Oltin ko‘prik

(Dostondan parcha)

 

Millat mangu yashasin desak,

Kulsin desak Vatan iqboli,

Yuraklarda asraylik uni,

Yolg‘onlardan bo‘laylik xoli.

 

Soxta maqtov kerakmas aslo,

Unga zor ham emasdir bu xalq.

Olam ichra tengi yo‘q ma’vo –

Yurtim, seni qo‘llagaydir Haq.

 

Ona Vatan, ona Xalq degan,

Tabarruk so‘z yangragani on,

Ko‘zimizda chaqnasin uchqun,

Qalbimizda jo‘sh ursin tug‘yon.

 

Agar chindan sevsak shu xalqni,

Gar Vatanni bilsak muqaddas,

Mayli, fido qilaylik jonni,

Uni buyuk ko‘ra olsak, bas!

 

Mahmud TO‘YCHIYEV

Yana o‘qing:  Yuksak ishonch marralarga eltadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: