YOSHLAR HUQUQLARI – DAVLAT HIMOYASIDA

Yaqinda “Barkamol avlod” Respublika bolalar texnik- ijodiyoti markazi tomonidan “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish”ga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Shayhontoxur tumani Ichki ishlar boshqarmasining Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha guruh katta inspektori Sherzod Ibragimov ishtirok etdi.

Yoshlarni turli yot g‘oyalardan himoya qilish, ularning qalbida ona Vatanga muhabbat, qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish bugunning dolzarb masalalaridan biriga aylangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mazkur tadbir ham yoshlarning manaviy olamini ezgu tushunchalar bilan boyitish maqsadida tashkil etilgan.

Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrashga qaratilgan fikr mulohazalar, o‘quvchi-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratalgan ma’lumotlar taqdim etildi. Yoshlarning adashib noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolishlaridan asrash va ularga bu yo‘lning ayanchli oqibatlari haqida hikoya qiluvchi turli videolavhalar ham namoyish etildi.

Renat QO‘ZIBOYEV

Yana o‘qing:  O‘zbekistonning har bir viloyatida immunologiya instituti filiallari ochiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: