Yangi laboratoriya ish boshladi

Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar aholi salomatligini mustahkamlash, xalqimizning sog‘lom va uzoq umr kechirishini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Bu borada turli yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar berayotir. 

Sil kasalligi ijtimoiy xavfi yuqori xastaliklar toifasiga kiradi. Bu dardga chalinganlar uzoq muddatli tibbiy-ijtimoiy ko‘makka ehtiyoj sezadi. Mamlakatimizda bunday bemorlar davlat muhofazasiga olingan. Ularga barcha tibbiy xizmatlar bepul ko‘rsatiladi, dori-darmon bepul beriladi. Hududlardagi shifoxonalar ham kasallikni aniqlash va tashxis qo‘yish bo‘yicha zamonaviy uskunalar bilan ta’minlangan. Kasallik profilaktikasi, diagnostikasi va davolash ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Bu jarayonda jahon tibbiyotining ilg‘or uslullaridan samarali foydalanilmoqda. Xususan, tibbiy tekshiruvlarning bakteriologik asosda tashkil etilayotgani xastalikni erta aniqlash, xalqaro standartlar asosida davolash imkonini bermoqda. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1-sil kasalligiga qarshi kurashish dispanseri yangi laboratoriyasini foydalanishga topshirish marosimida shular haqida so‘z yuritildi. Ftiziatriya va pulmonologiya sohasida ulkan yutuqlarga erishilib, sil kasalliklariga qarshi yangi dori vositalarini qo‘llash, bemorlarni emlashning yanada ilg‘or usullaridan foydalanilayotgani yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

– Ilgari sil tayoqchalarining dori vositalariga sezuvchanligini aniqlash imkoniyati yo‘q edi, – deydi ushbu laboratoriya rahbari B.Xolmurodov. – Yangi laboratoriyada bu imkoniyat mavjud. Zamonaviy uskunalarda sil tayoqchalarining dorilarga sezuvchanligini ikki soat mobaynida aniqlash mumkin. Bu bemorlarga tez va aniq tashxis qo‘yish va vaqtida emlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir ishtirokchilari laboratoriyada yaratilgan sharoitlar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2-sil kasalligiga qarshi kurashish dispanserida tashkil etilgan 30 o‘rinli yangi davolash bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

 

A.ORTIQBOYEV,

O‘zA muxbiri

 

Yana o‘qing:  Ustuvor vazifalar – amalda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: