Biz sog‘lom bolalarmiz

Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi, Feruza mahallasida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab “Biz sog‘lom bolalarmiz” deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Mahalladoshlar bayram bahona bir dasturxon atrofida yig‘ildilar.

– Yurtimiz farzandlarining sog‘lom va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi uchun biz kattalar doimo mas’ulmiz, – deydi Feruza mahallasi diniy maslahatchisi Rohat opa Abduxoliqova. – Bugungi bayram ham ana shu maqsad yo‘lida tashkil etildi.

Tadbir doirasida bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat-shashka musobaqasi haqiqiy bellashuvga aylandi. Aqlni charxlovchi ushbu musobaqada 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘z mahoratini ishga soldilar. Turnirda Muhammadali Normamatov, Davronbek Ahmadjonov, Abduholiq Yusupjonovlar peshqadamlik qildilar.

Tuman madaniyat uyi san’atkorlari bayram tadbiriga ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: