O‘zbek yoshlarining navbatdagi g‘alabasi

2017 yilning 25-31 iyul kunlari Hindistonning Lakxnau shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta oltin, 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashdi.

Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 41 ta davlatidan tashrif buyurgan yosh matematikalar ishtirok etgan. Quvonarlisi, ushbu tanlovda to‘rtinchi marta qatnashayotgan O‘zbekiston jamoasi joriy yilda ilk marotaba 2 ta oltin medalni olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchilari Doniyor Ismoilov, Sevaraxon Ostonovalar individual bahslarda o‘z iqtidorini namoyon etib oltin medalni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, ushbu maktabning 7-sinf o‘quvchisi Olimjon Olimov va 8-sinf sinf o‘quvchisi Ismoil Po‘latovlar esa yakkalik bahslarda kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Xalq ta’limi vazirilgi

Axborot xizmati

Yana o‘qing:  Yurtimizdagi e’tiborsizlik tufayli qarovsiz holga kelib qolgan madaniy maskanlar haqida tanqidiy ko‘rsatuv namoyish qilindi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: