O‘zbek yoshlarining navbatdagi g‘alabasi

2017 yilning 25-31 iyul kunlari Hindistonning Lakxnau shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar 2 ta oltin, 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallashdi.

Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 41 ta davlatidan tashrif buyurgan yosh matematikalar ishtirok etgan. Quvonarlisi, ushbu tanlovda to‘rtinchi marta qatnashayotgan O‘zbekiston jamoasi joriy yilda ilk marotaba 2 ta oltin medalni olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchilari Doniyor Ismoilov, Sevaraxon Ostonovalar individual bahslarda o‘z iqtidorini namoyon etib oltin medalni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, ushbu maktabning 7-sinf o‘quvchisi Olimjon Olimov va 8-sinf sinf o‘quvchisi Ismoil Po‘latovlar esa yakkalik bahslarda kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Xalq ta’limi vazirilgi

Axborot xizmati

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: