O‘ZARO HAMKORLIK

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining amalga oshirilishi jarayonini yoritishda muhimdir.

Istiqlolning dastlabki kunlaridan yurtimizda jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol avlodni tarbiyalashga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotir. 1991 yil 20 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun mamlakatimizda qabul qilingan dastlabki hujjatlardan biri bo‘lib, unda barkamol avlodni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalish hamda vazifalari belgilab berilgan.

Poytaxtimizda O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalarining roli va vazifalari” mavzusida respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada ommaviy axborot vositalarida “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining tezkor, sifatli va har tomonlama yoritilishini ta’minlash masalalari muhokama etildi. Shundan kelib chiqqan holda, jurnalistlarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan samarali hamkorligini kuchaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatish, ommaviy axborot vositalari xodimlarining kasb mahoratini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbirda “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturiga muvofiq onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida qulay muhit yaratish, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk barkamol avlodni tarbiyalash ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgani alohida qayd etildi.

Aholini hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar haqida atroflicha xabardor qilish maqsadida ommaviy axborot vositalari oldiga “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish jarayonini keng yoritish vazifasi qo‘yilgan. Bu borada jurnalistlarning yetarli malaka va mahoratga ega bo‘lishi, ularda aniq ijtimoiy pozitsiya, yuksak mas’uliyat hissini shakllantirish, jurnalistlarni ixtisoslashtirish katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarining vazirliklar, idoralar, ta’lim muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati vakillari bilan yaqin hamkorligi ham muhim o‘rin tutadi.

Vazirlik, idora, davlat va jamoat tashkilotlarining mas’ul xodimlari tadbir ishtirokchilariga aholi o‘rtasida axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etishda yordam beradigan tahliliy hamda statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Konferensiyada mavzu yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Yana o‘qing:  “Google”ning bolalarga sovg‘asi

O‘z muxbirimiz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: