Bolajonlar salomatligi yo‘lida

«Sen Yolg'iz Emassan» Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ixtisoslashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish boshlandi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barcha bolalarning huquqlarini himoyalash, ularning salomatligi haqida g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish, turli xavfli va yuqumli xastaliklarga chalinishining oldini olish masalasiga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratilmoqda.

«Sen Yolg'iz Emassan» Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi ota-ona mehridan bebahra qolgan bolalarning salomatligini doimiy nazorat etib borish, ularda uchrashi ehtimoli bo‘lgan xastaliklarning o‘z vaqtida oldini olish, davolash-profilaktika ishlarini tobora kuchaytirish yuzasidan ko‘plab ijtimoiy aksiyalar, xayriya tadbirlarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. «Obod turmush yili» Davlat dasturi doirasida yurak, umurtqa pog‘onasi, lab-tanglay qismida xastaligi bor, ko‘rish, eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘g‘il-qizlarni murakkab plastik jarrohlik yo‘li bilan davolashga oid bir qator loyihalar bajarildi. Bunday davolash jarayonlariga yurtimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlardagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ehtiyojmand oilalarning farzandlari qamrab olindi. Shu bilan birga Mehribonlik uylarining tibbiy punktlarini zarur texnik uskunalar, davolash jihozlari, dori-darmon va preparatlar, protez-ortopediya vositalari, maxsus aravachalar, eshitish moslamalari bilan ta’minlash yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinikasida joriy yilning 20 oktyabrigacha davom etadigan dispanserizatsiya davomida pediatr, jarroh, otolaringolog, oftalmolog, stomatolog, bolalar ginekologi, ortoped-travmatolog, bolalar urolog-andrologi, psixonevrolog, endokrinolog va boshqa mutaxassislar tomonidan chuqurlashtirilgan ko‘rik o‘tkazilmoqda. 7 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab olgan ushbu tibbiy ko‘rik davomida ultratovushli tashxis qo‘yish, qon tahlili, elektrokardiogramma jarayoni, yurak, buyrak, jigar, o‘t qopini zamonaviy tibbiy uskunalarda tekshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jami 2500 nafar o‘g‘il-qizni qamrab oluvchi dispanserizatsiya natijalariga ko‘ra bolalar uchun tibbiy-davolash, korreksion muoalajalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

N.USMONOVA,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Displaziya nasldan-naslga o‘tadimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: