BADIIY GIMNASTIKA BELLASHUVI

Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar va o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zahiralari sport maktabida 1999-2004 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha Toshkent shahar chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi hamda Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur chempionatdan ko‘zlangan maqsad qizlar o‘rtasida badiiy gimnastikani yanada ommalashtirish, terma jamoa safiga yosh mahorat egalarini yetkazib berishdir.

100 nafardan ortiq gimnastikachi o‘rtasida o‘tgan musobaqada Jasmin Yusupova, Sabina Toshkenboyeva, Amaliya Is’hoqova, Sofiya Qosimova, Lola Zokirova, Anna Vashenko o‘z yosh toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Z.MAMATQULOVA

Yana o‘qing:  Jamg‘arma faoliyatidan (2013-31)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: