Samarali loyihalar yarmarkasi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi yetti yildan buyon olimlar, sanoatchilar, fermerlar va yosh ixtirochilar o‘zaro tajriba almashadigan tadbirlardan biriga aylandi.

Ushbu yarmarkaga ilm-fan, ta’lim, konstruktorlik tashkilotlari va alohida ixtirochilardan kelib tushgan 611 arizadan 494 tasi saralab olindi. Jumladan, ularning 171 tasi sanoat, 127 tasi qishloq xo‘jaligi, 53 tasi tibbiyot va farmakologiya, 30 tasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishga yo‘naltirildi.

Yarmarkada yosh olimlar, aspirantlar, talabalar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yuqori bosqichlarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning ishtirok etayotgani ushbu tadbirning o‘ziga xos jihatidir. Ta’kidlash joizki, joriy yilda eng ko‘p yangiliklarni mamlakatimiz oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi muassasalari namoyish etmoqda. Shuningdek, talabalar va yosh olimlar 55 innovatsion mahsulotlarni taqdim qilmoqda.

T.ORTIQOVA

Яна ўқинг:  ИСТИҚБОЛЛИ ҲАМКОРЛИК

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: