7 kun davomida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2269-sonli qaroriga muvofiq 2017 yilning 1 yanvaridan o‘qituvchilarning haftalik o‘quv yuklamalari tasdiqlandi. Shuningdek, ta’lim sohasini tartibga soluvchi qoidalarga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi 2017 yilning 1 yanvaridan respublikada ishlab chiqariladigan spirt, spirtli ichimliklar va pivoga nisbatan aksiz soliq stavkalarini oshirdi.

Yangi stavkalar O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq belgilandi.

 

O‘zbekistonda homiladorlik va tug‘ruqlar bo‘yicha nafaqalar to‘lash tartibi o‘zgartirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 yilga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlari prognozi to‘g‘risida”gi qarori bilan homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha nafaqalarni to‘lashning yangi tartibi tasdiqlandi.

Namangan viloyati Chust tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining yangidan bunyod etilgan zamonaviy suzish havzasi foydalanishga topshirildi.

Mazkur inshootning qurilishiga 3 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.

 

“Sog‘lom avlod” muxbirlari xabarlari asosida tayyorlandi

Yana o‘qing:  Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: