Shprits qanday kashf etilgan?

Davomi. Boshi

 

Ilk kashf etilgan zamonaviy shpritslar bir-biridan farq qilgan. Lekin, kashfiyotchilar keyinchalik bir qarorga kelishdi. Dastlabki shpritslarning asosini shaffof bo‘lmagan kauchikli silindr, metall porshen hamda nina tashkil etgan. Suyuq dori vositasini miqdorini o‘lchagichlar esa porshenda ko‘rsatilgan edi. Chetdan qaraganda ushbu tibbiy vosita ichida qancha suyuqlik mavjudligini aniqlab bo‘lmasdi. Shunga qaramay shifokorlar orasida shprits keng ommalashdi. Bu esa zamonaviy tibbiyot yana yangi bosqichga ko‘tarilganidan darak beradi. Endi ko‘pgina xastaliklarni tibbiyotchilar jarrohlik amaliyotisiz hamda samarali davolashlari uchun keng imkoniyatlar eshigi ochildi.

Shprits ilk kashf etilgan ko‘rinishida uzoq muddat (salkam qirq bir yil) bemorlarga xizmat qildi. 1894 yilda fransuz shishasoz ustasi Furnye ushbu tibbiy vositaning silindrini shishadan yasadi. Bu yangilik ham to‘qimalar orasiga dori vositalarini yuborishda o‘ziga xos usul bo‘lgan. Chunki shaffof shisha orqali suyuq dori vositasi aniq-tiniq ko‘rinib turardi.

 

 

Ilk bir marta qo‘llaniladigan shprits va uning yanada takomillashuvi

Amerikalik kashfiyotchi Artur Smit 1950 yilda shpritsni takomillashtirish ustida bosh qotirdi. O‘sha yili u bir marta ishlatiladigan tibbiy vositani kashf etdi. U yaratgan shprits shisha silindr, plastik porshen hamda ingichka va uzun ignadan iborat edi. Ushbu igna zanglamaydigan metaldan yasalgan. Bu yangilik ham tibbiyotchilarga tez ma’qul bo‘ldi. Chunki oldingi shpritslarni zararsizlantirish uchun ularni uzoq vaqt qaynatishga to‘g‘ri kelgan yoki bu tibbiy vositalar keyinchalik maxsus bokslarda zararsizlantirilgan. Yana oradan olti yil o‘tgach esa Yangi zelandiyalik farmatsevt Kolin Myordok 1956 yilda bir martalik shpritsni yanada soddalashtirdi va uni butkul plastikdan yasadi.

 

Ularning yangi turlari

Keyinchalik shpritslarning turi ko‘paydi. Bunga ko‘p marta qo‘llaniladigan shisha silindrli ulkan Jane shpritsini misol keltirish mumkin. Bu katta tibbiy vosita organizmda suyuqlik to‘planganda, uni so‘rib olishda qo‘llaniladi. Shuningdek, qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun insulinga qaramlikda qo‘llanuvchi ingichka turdagi bir martalik shpritslarni misol tariqasida ko‘rsatish mumkin. Yana shuni e’tirof etish kerakki, bir marta ishlatiladigan shpritslar V gepatiti va OITSning oldini olishda ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki tomir orqali giyohvand moddani iste’mol qiluvchilar bitta shpritsni davra bo‘ylab aylantirishgan. Bu esa o‘z navbatida yuqumli kasalliklarning tarqalishiga keng yo‘l ochib bergan edi.

Yana o‘qing:  Sabzi haqida qiziqarli ma’lumotlar

 

GULSHIRIN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: