O‘quvchiga eng yaxshi tuhfa

Bugungi o‘quvchining dars tayyorlashi, qo‘shimcha vazifalarni bajarishi uchun o‘quv qo‘llanmasi-yu, adabiyotlar talaygina.

Iqtisodiyot sohasini egallayotgan yoshlarimiz uchun shu yil nashr etilgan «Kichik korxonalarni moliyalashtirish» qo‘llanmasi ham shulardan biridir. Kitobda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik masalalariga keng o‘rin berilgan bo‘lib, Toshkent Bank kollej uni o‘qituvchisi, kasb-hunar ta’limi a’lo­chisi Nigora Abdurahmonova tayyorlangan. O‘quv qo‘l­lan­masi kasb-hunar kollejlarining «Moliya» va «Bank ishi» mutaxassisligi o‘quvchilariga mo‘ljallangan.

Yurtboshimiz 2013 yilni «Obod turmush yili» deb e’lon qilar ekan, mamlakatimizda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan eng muhim masalalardan biri – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish ekanligini yana bir bor ta’kidladi. Shu jihatdan qo‘llanma uchun muhim mavzu tanlanib, unda kichik korxonalarni tashkil etish va moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yish, ular faoliyatini va istiqbolda rivojlantirishni rejalash, xarajatlarni boshqarish, soliq, kredit kabi boshqa muammolarini hal etish masalalari qamrab olingan. Yurtimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirib borish esa o‘sib kelayotgan avlod, yetuk mutaxassislar qo‘lida ekan, ularning iqtisodiy bilimlarini puxta va chuqur o‘rganib borishlari davr talabidir.

O‘quvchi uchun yaratilgan har bir kitob esa xoh u ilmiy xoh badiiy mavzuda bo‘lsin, yangi bilimlar manbai va eng yaxshi tuhfadir.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Arazchi mushuk

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: