Musiqa yaratuvchi “sun’iy aql”

Sifatli musiqa yozish qobiliyatiga ega sun’iy intellekt tizimini yaratish bilan shug‘ullanuvchi “Amper” kompaniyasi bu sohadagi ishlanmalar bo‘yicha anchagina ilgarilab ketdi.

Ushbu tizim ishlab chiqarish korxonalari va oddiy odamlarning turli loyihalarida musiqiy fon sifatida foydalanishga mo‘ljallangan. Buning qulayligi mualliflik kuy va musiqalaridan foydalanish kabi ruxsat olish, to‘lov va boshqa qog‘ozbozliklar talab etilmaydi.

Bundan tashqari ayni kunda “Amper” kompaniyasi ishlab chiqarayotgan texnologiya bemalol bastakorning o‘rnini bosa oladi. Qo‘shiqchilik san’ati sohasida tanilib borayotgan Tarin Sautern (Taryn Southern) “Amper AI” maxsus tizimi yordamida musiqiy kompozitsiyasini yaratdi. Buning uchun musiqiy asarning sur’ati (bir daqiqada uriladigan zarblar soni), maromi, kayfiyati va uslubi, talab qilinadigan ma’lumot sifatida kiritilishi kifoya qildi. T. Sautern ushbu “sun’iy aql” tomonidan bastalangan kuyga o‘z so‘zlarini qo‘yib, qo‘shiq ijro etdi. Kutilgan natija kompozitorlar tomonidan yaratilgan pop musiqadan hech ham farq qilmadi.

Yana o‘qing:  Mavsum qahramonlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: