Kanoechilarimiz muvaffaqiyati

2-4 may kunlari Italiyaning Milan shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon kubogining birinchi bosqichida ishtirok etgan sportchilarimiz bittadan oltin va bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Qirqqa yaqin davlat vakillari ishtirokida o‘tkazilgan musobaqaning kanoeda 500 metr masofaga eshkak eshish bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi juftlik poygasida yurtdoshlarimiz Yuliya Soy va Yekaterina Zarkova marraga birinchi bo‘lib yetib kelib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Iqtidorli sportchimiz Yuliya Soy 200 metr masofaga eshkak eshishda uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, jahon kubogining ikkinchi bosqichi 15-18 may kunlari Chexiyada o‘tkaziladi. Mazkur musobaqada Vatanimiz sharafini 8 nafar sportchi himoya qiladi.

Yana o‘qing:  Shukronalik sururi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: