INSON TANASI ISSIQLIGIDAN ISHLOVCHI FONARCHA

Cho‘ntak fonarchalari qorong‘u tunda yo‘limizni yoritib mushkulimizni oson qiladi. Ammo ularning eng katta kamchiligi quvvat batareyalaridir. Quvvati tugab qolgan gadjet hech narsaga yaramay qoladi. Shu kabi kamchiliklarning oldini olish maqsadida muhandis Ross Juravskiy yangi ixtiroga qo‘l urdi.

U inson tana harorati bilan ishlaydigan “Lumen” fonarchasini yaratdi. Fonarcha egasi uni qo‘liga olib, bosh barmoq kattaligidagi ustki panelga barmog‘ini qo‘yishining o‘zi kifoya.

Quvvatlagich vazifasini unga joylashtirilgan kichik termoelektr generator bajaradi. Nur manbaasini esa barcha joyda keng qo‘llaniladigan yuqori yorqinlikka ega 5-mmli Cree LED svetodiodi bajaradi.

Inson qo‘lining issiqligi tana va havo haroratining farqi tufayli elektr energiyasiga aylanadi. Bu harorat farqi fonarcha yaxshi ishlashi uchun to‘qqiz darajadan oshmasligi lozim. Shu sababli svetodiod havo harorati Selsiy bo‘yicha 28 darajadan oshmagan vaqtdagina nur sochadi. Havo harorati farqi oshib ketganda ortiqcha elektr energiyasi, ichki joylashtirilgan sig‘imda to‘planadi. Albatta, fonarcha quvvati unaqa yuqori emas. Lekin bu yorug‘lik o‘qish yoki qorong‘ulikda harakatlanish uchun yetarli.

Gulnoza EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  OGOHLIK ODATIMIZ BO‘LSIN

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: