Bosh terisini maxsus “uqalash” soch to‘kilishini kamaytiradi

Koreya fan va texnologiyalar oliy instituti olimlari soch o‘sishini tezlatish uchun boshga kiyiladigan egiluvchan yorug‘lik diodli fotostimulyator yaratdilar.

Qurilmaning samaradorligi sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalarda o‘z tasdig‘ini topdi.

Mutaxassislar juda ingichka, egiluvchan, vertikal mikro yorug‘lik diodlari (µLEDs) jamlanmasidan foydalandilar. Ushbu jamlanma pochta markasidan katta bo‘lmagan chipga joylashtirilgan 900 ta qizil µLEDdan iborat. Uning vazifasi soch to‘kilishi kasalligi – alopetsiyani davolashi zarur edi.

Ma’lumki, terini lazer nuri bilan “uqalash” bu borada yordam berishi mumkin. Biroq mavjud uskunalar energiyani ko‘p sarflashi va beo‘xshovligi bilan noqulaylik tug‘diradi. Yangi uskuna esa energiyani ming marta kam iste’mol qiladi. Qolaversa, bu qurilma teri uchun xavfsizdir.

Sichqonlarda 20 kun davomida 15 daqiqadan o‘tkazilgan tajriba ko‘ngildagidek samara berdi. Yakuniy natijalar soch tolalari uzun va yo‘g‘on bo‘lib o‘sishini ko‘rsatdi.

 

D. AZIMOVA

Yana o‘qing:  SARATONNI ANIQLOVCHI UNIVERSAL TEST

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: