“BOLALAR KUNI” BOSHQA MAMLAKATLARDA QANDAY NISHONLANADI?

1 iyun – Xalqaro Bolalarni himoya qilish kuni dunyoning boshqa mamlakatlarida qanday bayram qilinishi barchani, ayniqsa, bolajonlarni qiziqtirsa kerak? Ha, bu bayram ko‘plab mamlakatlarda, turlicha yo‘sinda va yilning boshqa fasli hamda boshqa kunlarida nishonlanar ekan.

Yaponiyaliklar “Bolalar kuni”ni bir yilda uch marotaba bayram qilar ekan.

3 mart kuni – “Qizlar bayrami” bo‘lib, u kichik yoshdagi qizaloqlar uchun maxsus tashkil etiladi. Har yili ota-onalar qizlari uchun xonadonlarida chiroyli kimono va ko‘g‘irchoqlar ko‘rgazmasini tashkil etishadi va shu ko‘rgazmadan joy olgan buyumlar ota-onalarning o‘z “malika”lariga sovg‘asi hisoblanadi.

5-may kuni – “O‘g‘il bolalar bayrami”.

Bayram kuni uyga kiraverishda o‘g‘li bor xonadonlarga zog‘ora baliq tasviri tushirilgan bayroqlar osib qo‘yiladi. Bu kelajakda farzandining bilim darajasini belgilar ekan. Agar o‘g‘il bolalar ko‘pchilik bo‘lsa, xonadon eshigiga moviy-yashil rangdagi bayroqlar ilinadi. Bayroqlarning soni oilada o‘g‘il bolalarning ko‘pligini bildiradi. Yaponiyaliklarning tasavvuricha zog‘ora baliq kuch-qudrat hamda dovyuraklik ramzi hisoblanar ekan.

15 noyabr – “Uch, besh, yetti yoshli bolalar kuni”.

Yaponlar an’anasiga ko‘ra uch, besh, yetti – eng baxtli yosh hisoblanadi. Shu bois har yili 15 noyabr kuni shu yoshdagi bolalar o‘z bayramlarini shodu xurramlikda o‘tkazishadi.

Janubiy Koreyada har yili 5 may kuni ota-onalar farzandlariga ular xohlagan o‘yinchoqni sovg‘a qilishadi. Ko‘pchilik bolalar koreys milliy kiyimlarini kiyib, mamlakatning an’anaviy madaniyatini targ‘ib etadilar.

Keyin bolajonlarga kattalar sovg‘alar ulashadi.

Kolumbiyaliklar har yili 4 iyul – “Bolalar kuni”ni tantanali tarzda nishonlaydilar. Ushbu bayramning o‘ziga xos tomoni shundaki, niqobli masxarabozlar bayram qahramoni hisoblanadi.

Bayram kuni barcha maktablarda turli tadbirlar o‘tkazilishi an’anaga aylangan. Bolalar odatda masxarabozlarga o‘xshab turli-tuman niqoblar taqib, ko‘chalarda sayr qiladilar. Atrofda bayramona kayfiyat hukm suradi.

Braziliyaliklar 15 avgust – “Bolalar kuni”da “Salomatlik hamma narsadan ustun”, degan shior bilan ko‘chaga chiqadilar. Shu bois ushbu kun bolalarda yuqumli kasallikka qarshi kurash kuni bo‘lib, shifokorlar bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishadi. Hamda besh yoshgacha bo‘lgan kichkintoylar poliomiyelitga qarshi emlanadi.

Aziza ShODIYEVA,

Toshkent Tibbiyot akademiyasi III bosqich talabasi

Yana o‘qing:  Munosabatlarni asraylik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: