AJOYIB GULTUVAK

Hozirgi kunda texnologiyalar turmushning har bir sohasiga jadallik bilan kirib kelmoqda. Bu kabi ixtirolar inson hayotini osonlashtirish, unga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlashdan iboratdir.

Koreyalik dizayner Jeong Seungbin xonaki gullar uchun bejirim gultuvak ixtiro etdi. Devorga osib qo‘yiladigan ushbu ajoyib gultuvak ustida ixchamgina bulutcha bo‘lib, unga suv quyilishi bilan gul ustiga mayda tomchilar quyila boshlaydi. Mazkur qurilma tabiiy yomg‘ir vazifasini bajaradi.

Bulutcha 80 ml. suvni o‘ziga sig‘dira oladi. U tomchilarni bir me’yorda taqsimlab, tuvakdan toshib ketmaydigan darajada gulga kerakli suvni tomchilatib quyadi. Ushbu gultuvak yordamida gulni sug‘orish kishiga zavq bag‘ishlashi bilan birga o‘zining ajoyib dizayni bilan har qanday uslubdagi xonaga ko‘rk bag‘ishlaydi.

Sarvar IS’HOQOV

Yana o‘qing:  Kulgu-shifo (2015-43)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: