Sho‘xlikning oqibati

Yosh bolalar qiziquvchanligi sababli o‘zlari qilayotgan ishlari qanday oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi. Sergeli 2-dahasida yashovchi Akmal aka (ismi o‘zgartirilgan) tanishidan ijaraga olgan “Matiz” rusumli avtoulovini pastda qoldirib, uyiga chiqib ketadi. Ammo u “Matiz” avtoulovining orqa eshigi oynasini yopishni unutgandi.

Ko‘p vaqt o‘tmay avtoulov ichki saloni yonayotganini ko‘rib tezda yong‘in xavfsizligi xodimlariga xabar berdi. Tezda voqea joyiga yetib kelgan yong‘in xavfsizligi xodimlari yong‘inni bartaraf etishdi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shni bolalar o‘ynab turib, avtomashina saloniga yonib turgan gugurt donasini tashlagan.

Yana shunga o‘xshash holat: 9-10 yoshlar chamasidagi Akmal, Jamshid va Rustam (ismlari o‘zgartirilgan) ismli bolalar ko‘chada o‘ynab yurgan vaqtida gugurt topib olib, bog‘ yonidagi qurib turgan maysalarni yoqib yuboradi. Natijada tilsiz yov bo‘lmish alanga har tomon tarqay boshlaydi. Bog‘ yonidagi xonadonga alanga o‘tishni boshlaydi. Buni ko‘rgan Jamila opa (ismi o‘zgartirilgan) tezda yong‘in xavfsizligiga xabar beradi. Yong‘in xavfsizligi xodimlari o‘z vaqtida kelib alangani tezda bartaraf qiladilar. Bunday ko‘ngilsiz hodislarning oldini olish uchun barchamiz yosh farzandlarimizni nazoratdan chetda qoldirmasiligimiz kerak.

Otabek XOLMIRZAYEV,

Sergeli tumani IIB 5-XYOXO 9-XYOXQ kichik inspektori

Yana o‘qing:  Ena

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: