Kuzning ko‘rkam qahrabosi

Jiydani ta’riflab o‘tirishga hojat yo‘q. Nega deganda, jiydani kattayu kichik birdek sevib iste’mol qiladi biroq, uning shifobaxshlik xususiyatlarini har kim ham bilmasa kerak.

Ma’lumki, jiyda daraxtining bo‘yi 4 metrgacha boradi. Tanasi qizg‘ish-kulrang, yosh novdalari hamda bargi kumush-oq rang­da bo‘lgani uchun u uzoqdan bo‘lsa ham tez ko‘zga tashlanadi. Mevasi sariq-qizil, cho‘ziq-dumaloq va danakli bo‘lib, kuzda pishadi.

Qadimda ota-bobolarimiz jiydaning hosilini yig‘ib, qish fasliga g‘amlab qo‘yishgan. Chunki, bu meva tarkibida oz miqdorda suv saqlangani uchun sarxil holatda uzoq saqlanadi. Jiyda mevasi tarkibida qand, oqsil, yog‘, organik kislotalar, oshlovchi va bo‘yovchi moddalar, kaliy tuzlari va fosfor mavjud. Shuningdek, V1, V2, RR, Ye darmondorilari ham bor. Bargida esa S askorbin kislotasi mavjud.

Jiyda yurtimizning barcha go‘shasida joy tanlamay yaxshi o‘sadi va hosilga kiradi. Sharq jiydasining ensiz bargli jiyda, kumushsimon jiyda, keng bargli jiyda, qizil jiyda, chilon jiyda turlari tarqalgan. Ushbu meva o‘ziga xos shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lib, bu haqida tabobat ilmi sultoni Abu Ali ibn Sino ham ko‘p bora to‘xtalib o‘tgan va tibbiyotda keng foydalangan. Jumladan, ibn Sino jiyda borasida shunday degan:

“…Har qanday oqayotgan narsani to‘xtatadi. Kishining ichki a’zolariga quyilayotgan safroni yo‘qotadi… Issiqdan bo‘lgan yo‘talga foydalidir. Qusishni to‘xtatadi. Jiyda ko‘p peshob chiqarishga qarshi foydalidir…”

Bundan tashqari jiyda mevasi yoki uning damlamasi bolalarda uchraydigan ich ketishiga qarshi davo hisoblangan. Shuning­dek, uning damlama nafas yo‘llari shamollaganda ham tavsiya qilingan. Qaynatmasi me’da-ichak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, qizitilib tuyilgan jiyda bargi hamda zig‘ir yog‘i aralashmasidan tayyorlangan malham bilan yaralar davolangan.

Ushbu mevaning gulidan olingan efir moyi ham shifobaxsh bo‘lib, yurak faoliyatini yaxshilash uchun bemorlarga hidlatilganda ijobiy ta’sir qilgan.

Tayyorlash usuli: Qaynatma tayyorlash uchun og‘zi yopiladigan idishga bir yarim litr suv quyib, mevadan 50 gramm solinadi va biroz qaynatib, bir soat mobaynida tindirib qo‘yiladi. So‘ngra dokada suziladi. Qaynatmadan kuniga ovqatdan keyin 2-4 mahal 2 osh qoshiqdan ichiladi.

M.HASANOVA tayyorladi

Yana o‘qing:  QON BOSIMI TUSHGANDA SAMARALI MASHQLAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: