Mevalarning sarvari

Yurtimizda yetishtiriladigan har bir ne’mat shifobaxsh xususiyatga egadir. Ana shunday mevalardan biri anor bo‘lib, uni ota-bobolarimiz mevalarning sarvari deb ataydilar.

O‘zbekistonda anorning qizil, “Qozoqi” va “Oqdona” kabi navlari keng tarqalgan. Anor qonni tozalaydi, tomirlardagi tiqinlarni ochadi, ichni yumshatadi, jigarga quvvat bag‘ishlaydi. Tarkibida organik kislotalar, 21 foizgacha qand moddasi, S vitamini va boshqa birikmalar mavjud.

Anor po‘stlog‘i, mevasi va meva po‘sti, shuningdek, guli istisqo, qo‘tir, yo‘tal, ichburug‘, sariq kasalliklarida, peshob haydash, tishni mustahkamlash, yaralarni va boshqa kasalliklarni davolashda qo‘l keladi.

Tabobatda meva po‘stlog‘ining kuli sariyog‘ yoki mol yog‘i bilan yaxshilab aralashtirib surtilsa, teridagi yiringli yaralarni tuzatishga yordam beradi. Anor po‘stlog‘idan tayyorlangan qaynatma esa og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanishida davo bo‘ladi.

Anorni, olma, behi, limon, otquloq, oshqovoq, nilufar va kashnich bilan teng moqdorda aralashtirib qaynatib, uning quyuq sharbatiga asal qo‘shib iste’mol qilinsa, bemor safro qusish, ko‘ngil behuzur bo‘lish va tinka qurishidan xalos bo‘ladi.

Nordon anor, xususan, uning sharbati safroni bosish xususiyatiga ega. Uning po‘sti, ayniqsa, kuydirilgani jarohatlar uchun malhamdir.

Uning urug‘i asal bilan birga tish og‘rig‘iga va quloq og‘rig‘iga foyda qiladi. Anorning urug‘ini yanchib, asal bilan qo‘shib og‘iz og‘riganda surtilsa, malham bo‘ladi.

Nordon anor ko‘krak va tomoqni dag‘allashtiradi. Shirini esa ularni yumshatadi hamda ko‘krakni quvvatlantiradi. Anor urug‘ini yomg‘ir suvi bilan qo‘shib ichilsa, qon tuflashda foyda qiladi. Anorning hamma turlari xafaqonga foyda qiladi va shirini ko‘ngilni ochadi.

Nordon-chuchuk anor me’da yallig‘lanishida foydali, isitmalagan kishiga ovqatdan keyin anor suvi ichirilsa, tana haroratini me’yorlashtirish xususiyatiga ega.

Nordon anor shiriniga nisbatan peshobni ko‘proq yurishtiradi.

M.HASANOVA tayyorladi

Yana o‘qing:  Sut va shirinlikni qachon iste’mol qilgan ma’qul?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: