Limon mevasining ajoyib xususiyatlari

Inson tanasidagi turli xil kasalliklarni davolashda, asosan, limon mevasidan foydalaniladi. Qizig‘i shundaki, limonning har bir bo‘lagida turlicha dorivor minerallar, vitaminlar bo‘lib, ular inson organizmi uchun nihoyatda foydalidir. Misol uchun limonning yumshoq bo‘lagida organik kislotalarning bir xili uchrasa, uning po‘stida efir moylari bor. Po‘sti ostida esa glyukozidlar mavjud. Shundan kelib chiqqan holda, limon mevasi turli xil kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi.

Agarda toza limon sharbati har kuni ma’lum bir miqdorda ichib turilsa, tananing sezgir to‘qimalarini zaharli kimyoviy moddalar ta’siridan muhofaza etadi. Hujayralarni oxir-oqibatda xavfli o‘simtaga aylantiradigan zaharlanishdan saqlaydi. Yaponiyaning sitrus mevalari sharbatining inson organizmiga ta’sirini o‘rganuvchi markazida doktor Yoshio Kato boshchiligida maxsus tadqiqotlar ana shunday xulosada to‘xtalgan. Doktor Kato limon sharbatini, albatta, ovqatlanishdan oldin yoki ovqatlanishga kirishilgan paytda ikki osh qoshiqdan iste’mol qilish samarali ekanligini aytadi. Doktorning fikricha, limon sharbati yangi siqilgan, ya’ni toza bo‘lishi kerak. U limon sharbatini, ayniqsa, dudlangan, konservalangan yoki tuzlangan oziq-ovqatlarni tanovul qilishdan oldin ichishni tavsiya etadi. Sababi, bunday taomlarda kanserogen moddalarining salmoqli darajada bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Limon mevasi tarkibidagi vitamin R inson tanasidagi qon tomirlarni tozalaydi. Uning bargi, gullari, yashil mevasi va po‘sti tarkibidagi efir moylari antiseptik xususiyatga egadir. Tomoq og‘rishida, tomoq bezi yallig‘lanishi kasalliklarining ilk bosqichlarida limon mevasini yeyish mazkur kasallikni bartaraf etishga katta yordam beradi. Shuningdek, 30% limon sharbatining oddiy suv aralashmasi bilan tomoqni g‘arg‘ara qilib chayqash ham koni foydadir. Xalq tabobatida limon va sarimsoq bo‘tqasi keng qo‘llanilgan. (Bunda 1 bosh sarimsoqqa 1 ta limon solinadi. Ustidan 1l qaynatilgan suv solinib, 2 kecha dam yediriladi va 1 kunda 3mahal 1 oshqoshiqdan iste’mol qilinadi). Gripp kasalligida 2 ta limon, 2 bosh sarimsoq qirg‘ichdan o‘tkazilib, 1 l qaynatib sovutilgan suv solinadi va aralashtiriladi. Ushbu aralashma qorong‘i joyda uch kun saqlanib, nahorda bir oshqoshiqdan iste’mol qilinadi.

Limon mevalari xafaqon kasalligi, ya’ni qon bosimini mo‘tadillashtirishda keng qo‘llanilgan. Ya’ni, bitta limonni kun davomida po‘sti bilan qo‘shib iste’mol qilish kifoya. Qon bosimi tushib ketganda bir dona limonning suvi siqib olinadi va 50 g yanchilgan qahva yoki 0,5 kg toza asalga aralashtiriladi. Choy qoshiqda ovqatdan ikki soatdan so‘ng iste’mol qilinadi. Yurak xastaligida limon po‘stini chaynash yaxshi muolaja hisoblanadi. Unga shakar sepib yeyilsa, charchoqni ketkazib, ishtahani ochadi. Tana harorati ko‘tarilganda limonni siqib olingan suvini oddiy suvga aralashtirib, tanaga surtilsa haroratni tushiradi. Limon sharbati oyoqlar tomirlari uvishib, tortishini davolashda yaxshi yordam beradi. Xonadonlarda o‘stiriladigan limon inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. U nafaqat xonaga chiroy beradi, balki gullari tarkibidagi fitonsidlar kasallik tarqatuvchi bakteriyalarga qiron keltiradi. Xona havosini tozalab, ko‘zni quvontiradi. Qadimgi misrliklar limon mevasidan ich terlama kasalligi va zaharlanishni davolashda, ushbu kasalliklarning oldini olishda keng foydalanib kelishgan. Yevropaliklar esa limon haqida Limon mevasining dorivor xususiyatlari 92 Limonchilikning o‘ziga xos sinoatlari faqat o‘rta asrlarda xabar topishgan hamda ko‘plab kasalliklarni davolashda va ilon zahrini qaytarishda qo‘llashgan. 1932 yilga kelibgina inson tanasida S vitaminining yetishmovchiligi singa kasalligini keltirib chiqarishi isbotlandi. Shuningdek, askorbin kislotasi, ya’ni S vitaminli modda almashinuvini yaxshilab, hujayralarni oziqlantiradi. Ushbu vitamin ayniqsa, limon va apelsinda ko‘p miqdorda mavjuddir. XX asrga kelib limonning kimyoviy tarkibi to‘liq aniqlangan. Unga ko‘ra, limon tarkibida ko‘pgina miqdorda organik kislotalar, karotin, qand, pektin moddalari, mineral tuzlardan – temir, mis, kalsiy, kremniy, fosfor, marganets va h. k. lar bor. Organik kislotalardan tashqari limon tarkibida: tiamin, askorbin kislotasi, riboflabin, rutin, flavonoidlar bilan bir qatorda A, V, V2, D, R vitaminlari bisyor. Shu sababli limon nafaqat keng qo‘llaniluvchi foydali ozuqa, balki qimmatbaho dorivor o‘simlik sifatida ham qadrlanib kelinadi. Limon qon bosimini tushirish maqsadida iste’mol qilinadi. Limon sharbati tish og‘rig‘ida milk kasalining oldini oladi. Shuningdek, u yurakka shifo bo‘lib, ishtahani ochadi, isitmani tushiradi. Ko‘p asrlar muqaddam ham odamzodga vitamin tanqisligida va shamollashga qarshi limonli choy, ayniqsa juda asqotgan. Qandolatchilikda, murabbo va konfet ishlab chiqarishda S va V darmondorilariga boy bo‘lgan ne’matlar limon, mandarin sharbatlaridan ham keng foydalanilgan. Limon inson tanasidagi ko‘plab kasalliklarning oldini olish va davolashda keng qo‘llaniladi. Shuningdek, inson immunitetini ko‘tarishda yaxshi yordamchidir. Ushbu mevadan keng foydalanishi natijasida odamlar uning nafaqat shamollashga qarshi, bakteriyalarga qiron keltiruvchi, og‘riqni qoldiruvchi sifatlarini, balki peshob haydovchi, o‘t haydovchi, qonni ko‘paytiruvchi, asabni tinchlantiruvchi xususiyatlarini ham bilib olishadi.

Yana o‘qing:  Sousli teftel

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: