Bolalarni qanday tarbiyalagan ma’qul?

Oilamizda bir o‘g‘il, ikki nafar qiz farzandimiz bor. O‘g‘limiz kichik yoshda bo‘lgani uchun unga ko‘proq e’tibor beramiz. Qizlarimiz bunday munosabatimizdan xafa bo‘lib qolishadi.

Umuman ularning tarbiyasini qanday olib borsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi?

Intizor XO‘jayeva,

Toshkent shahri

Siz qizlaringizga hamma farzand ota-ona uchun birday aziz ekanini, kichik yoshdaligida ularga ham bundan-da e’tiborliroq bo‘lganingizni tushuntirishga harakat qiling. Masalan, bolalikdagi suratlar orqali.

Oilada qiz va o‘g‘il bolalarning tarbiyasiga har doim o‘ziga xos yondoshilgan va alohida mas’uliyat talab qilingan. Ammo, o‘g‘il va qizlar tarbiyasida baravar shakllantirilishi lozim bo‘lgan sifatlar mavjudki, bular bolalarni mehnatni qadr­lashga, keksalarni izzat-hurmat qilishga, halollikka, mehnatsevarlik va kichiklarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga o‘rgatishdir. Ota-onalar o‘g‘il-qizlarining xatti-harakatlaridan doimo ogoh bo‘lib turishlari, hatto kichik bo‘lib ko‘ringan xato va kamchilik uchun ham murosasiz bo‘lib, ularni tez orada bartaraf etish choralarini ko‘rishlari ayni muddaodir.

Oilada qiz va o‘g‘il tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda o‘zaro munosabatlardagi madaniy normalari, ya’ni, salomlashish, ko‘rishish qoidalariga amal qilish juda muhimdir. Bu kabi ko‘nikmalarni xalq ma’naviyati manbalari bo‘lmish: «Otang bolasi bo‘lma – odam bolasi bo‘l», «Ishning omadi – o‘z vaqti», «Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar», «To‘g‘ri bo‘lsang, o‘sib-o‘sib gul bo‘lasan, egri bo‘lsang bora-bora kul bo‘lasan» kabi maqollar mazmuni orqali mustahkamlash ahamiyatga molikdir.

Ayniqsa, oilada qizlarning mehnat tarbiyasiga alohida e’tibor berilib, yoshligidanoq saranjom-sarishtalikka, mehnatni sevishga odatlantirib kelingan. Qizlarning onalari va buvilari ularga bosh-qosh, sirdosh bo‘lib, turmush yuritish sinoatlarini o‘rgatib, ularni oilaviy hayotga tayyorlagan.

O‘g‘il bolalarda esa bolalikdan javobgarlik hissi, irodaviy sifatlar, ishbilarmonlik, mustaqil fikrlash sifatlarini shakl­lantirish munosib oila boshlig‘ini tarbiya­lash demakdir.

Albatta, bu sifatlarni bolalarda shakllantirish aniq tartib va tizimni talab qiladi. Tartib asosida ish qiladigan o‘g‘il bola berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida puxta bajarishga, jamoat orasida ham o‘zini munosib tutishga va imkon qadar obro‘ qozonishga odatlanib boradi.

To‘g‘ri, o‘g‘il va qiz bolalarning tarbiyasi o‘ziga xos bo‘lib, ular bir-biridan farq qiluvchi xususiyatga ega. Maktablarda ham ana shunday xususiyatlarni hisobga olib, qiz va o‘g‘il bolalar tarbiyasiga zarur bo‘lganda alohida yondoshib, ularni to‘g‘ri hayotga yo‘naltira borish maqsadga molikdir.

Yana o‘qing:  Nonushtaga mazali quymoq

Mirmuhsin AKRAMOV,

Nizomiy nomidagi TDPU «Amaliy psixologiya» kafedrasi o‘qituvchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: